Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurni yod olib ...

Buyuk davlat arbobi, moxir sarkarda, ilm-fan va madaniyat homiysi bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur O‘rta Osiyoda markazlashgan qudratli davlat barpo etdi. Uni har tomonlama mustahkamlab, rivojlantirib, shon-shuhratini butun jahonga yoydi, buyuk saltanatning hukmdori sifatida millatlar va halqlarni birlashtirdi. Uning hukmdorlik yillarida madaniyat, ilm-fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa va she’riyat yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Bir so‘z bilan aytganda, temuriylar davri renessansiga asos solindi.

“Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi”ni munosib nishonlash maqsadida Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasi va uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari 2019 yil 9 aprel kuni “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrifi uyushtirildi. Unda arxiv xodimlari muzey eksponatlari bilan tanishgan holda, Amir Temur va temuriylar davri tarixi haqida ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Shu kuni “Buyuk davlat arbobi sohibqiron Amir Temurni yod olib ...” mavzusida seminar o‘tkazildi. Tadbirga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti “Gumanitar fanlari kafedrasi” professori, tarix fanlari doktori O‘ljayeva Shoxista Mamajonovna taklif etildi. Sh.M.O‘ljayeva “Amir Temur buyuk shaxs va davlat arbobi” mavzusida qimmatli va tarixiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Shuningdek, Boshqarma bosh mutaxassisi Akbar Abdukarimovich Fayzullayev “Buyuk davlat arbobi Amir Temur va temuriylar davrida milliy qadriyatlar hamda madaniyat” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruza qiziqarli asoslarga boy tarzda slayd ko‘rinishida tinglovchilar e’tiboriga havola etildi.

Tadbir davomida soxibqiron Amir Temur davriga oid xujjatli film namoyish etildi. Ma’ruza yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar. Tadbirning savol-javob qismida faol ishtirok etgan arxiv xodimlariga “Temuriylar tarixi”ga oid qiziqarli kitoblar sovg‘a sifatida taqdim etildi.

Arxivchi xodimlarimiz ayniqsa yoshlarimizni buyuk ajdodlarga hurmat-e’tiborini yanada yuksaltirish, shuningdek, beqiyos merosni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan mehnat faoliyatimizda yuqoridagi kabi tadbirlarning o‘tkazilishi muxim axamiyat kasb etadi.