Davlat arxivlari xodimalari o'rtasida "BALLI QIZLAR" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

2019 yil 13 mart kuni Ơzbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivida respublika davlat arxivlari xodimalari  ơrtasida "BALLI QIZLAR" kơrik-tanlovi ơtkazildi. Bellashuv 2 bosqichda ơtkazilib, birinchi bosqichda viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari, davlat arxivlari  xodimalari hamda ikkinchi bosqichda Ơzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari xodimalari ishtirok  etdilar. Arxivchi xodimalar “Arxiv soxasini rivojlantirish bơyicha innovatsion g’oya  yoki arxiv sohasini rivojlantirish bơyicha taklif taqdimoti”, “Arxivdagi saqlanayotgan alohida qimmatli Milliy arxiv fondi hujjatining tarixi va mazmunini bayon  etish”, “Arxiv ishi, AKT bơyicha savol-javoblar” va “Badiiy sahna kơrinishi ( erkin mavzu)” kabi shartlarida ơz mahoratlarini kơrsatdilar. Bellashuv ơta qizg’in va kơtarinki kayfiyatda ơtdi. Bellashuv  kunlariga kơra viloyatlarda kelgan arxivchi xodimalar ơrtasida 1- ơringa Sirdaryo viloyati Dushyeva Shoxista, 2-ơringa Farg’ona viloyati Feruza Shokirova, 3- ơringa Jizzax viloyati arxivchi xodimasi Aziza Fayziyeva sazovor deb topildilar hamda diplom va  esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Qolgan 7 nafar ishtirokchilar “Innovatsion fikrlovchi arxivchi”, “Faol arxivchi”, “Zukko arxivchi”, “Zamonaviy arxivchi”, “Tashabbuskor arxivchi”, “Notiq arxivchi” kabi nominasiyalar g’olibi deb topilib, Agentlikning faxriy yorliqlari va  esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Ơzbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari xodimalari ơrtasida 1-ơringa Ơzbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi xodimasi Ozoda Latipova, 2-ơringa Ơzbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi xodimasi Shaxnoza Husanova, 3-ơringa Ơzbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi xodimasi Komila Odilxonovа sazovor bơldilar. G’oliblar Agentlikning diplomlari va  esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Mazkur tadbir “Yoshlar” teleradiokanali tomonidan tasvirga olindi va namoyish  etildi.