“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichi.

 

Har yili mustaqillik bayrami arafasida ijodkorlar o‘rtasida “Eng ulug‘, eng aziz ko‘rik tanlovi” ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Toshkent fotosuratlar uyida joriy yilning 29 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2020 yil 27 iyuldagi PQ-4789-sonli qarorining 5-bandi ijrosini ta’minlash va unda belgilab berilgan vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazib berish maqsadida tasviriy san’at, foto va dizayn ustalarining “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar namunalari ko‘rgazmalari ochildi. 
Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi fondidan o‘rin olgan bir qator fotolar hamkorlik doirasida namoyish etildi.
Ushbu ko‘rgazmaga qo‘yilgan ijod namunalarida oxirgi yillarda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy munosabatlarning mazmun-mohiyatini yorituvchi, jamiyatimiz qiyofasi butunlay o‘zgargani, bu ijobiy o‘zgarishlar yurtdoshlarimiz hayotida o‘z ifodasini topayotganiga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to‘qqiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Respublika komissiya a’zolari, ta’luqli vazirlik, idoralar mutasaddilari, shu o‘rinda O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi xodimlari, ijodkorlar, ommaviy va axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати