Farg’ona viloyat davlat arxivi xodimlari 1-iyun "Xalqaro bolalarni ximoya qilish" kuni munosabati bilan Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar

Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: "Rasululloh bir kuni nabiralari imom Husaynni o’pdilar. Bu vaqt huzurlarida Aqra ibn Hobis ismli bir kishi o’tirgan yedi. Shunda o’sha kishi payg’ambarimizga savolona murojaat bilan: "Mening o’nta bolam bor, ulardan bittasini ham o’pgan yemasman”, –dedi. Janobi (r.a.v.) unga qaradilar–da, dedilar – "Marhamatli bo’lmagan kishilarga Alloh taolo ham marhamat nazari bilan qaramaydi”.

Shundan xulosa qilishimiz mumkinki, bolalarga yetarlicha mehr ko’rsatish, unga muloyim munosabatda bo’lish, shirin so’zlab, ko’nglini topish biz kattalar uchun ham qarz, ham farzdir.

Kuni-kecha Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Marg’ilon shaxar davlat arxivining bir gurux xodimlari Marg’ilon shaxar 1-sonli Mehribonlik uyiga tashrif buyurib sovg’a-salomlar ulashgan edi.  Bugun esa Farg’ona viloyat davlat arxivi xodimlari 1-iyun  "Xalqaro bolalarni ximoya qilish" kuni munosabati bilan Mehribonlik uyiga mehrli qorako’zlar xolidan xabar olish uchun yul oldilar. U yerdagi 20 nafardan iborat bo’lgan 1-gurux tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib dildan suxbat qilindi. Jajji bolakaylar bilan bo’lgan suxbat sherxonlikdan boshlandi. Ularning vatan, do’stlik, ota-ona, va ayniqsa mehr nomli qo’shiq xirgoyi qilishlari yurakni titratdi.  Keyin yesa qiziqarli maqollar va xikoyalar bilan ularni qalbiga yul topib, quvonch-kulgusiga sherik bo’ldik. Estalik sovg’a sifatida gurux tarbiyalanuvchilarining barchasiga o’quv qurollar to’plami berildi.

Bolajon o’zbek Xalqining,  Bir bola uchun yetti mahalla – ota-ona degan naqliga amal qilgan holda, Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasinig Mexribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar holidan habar olish rejasi bo’yicha, ertaga Qo’qon shaxar davlat arxivining barcha hodimlari ham Qo’qon shaxar 12-sonli Mexribonlik uyi tarbiyalanuvchi bolajonlar holidan xabar olishga bel bog’ladilar.