Fayzulla ota Xodjiyev

#G‘alaba75 #Pobeda75
Fayzulla ota Xodjiyev 1922 yil 20 fevralda Buxoro viloyat, Buxoro tuman, Yangi-Turmush MFY, Arabxona qishlog‘ida tug‘ilgan. F.Xodjiyev endigina 19 yoshni qarshi olganlarida Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Fayzulla ota ham 1942 yil boshida frontga jo‘nadilar.1945 yilning noyabr oyida urushni g‘alaba bilan tugatib, ona qishloqlariga qaytib keldilar. Otaxonimiz hozirgi kungacha 15 ta orden va medallar bilan taqdirlangan. Fayzulla ota juda og‘ir kunlarni boshidan kechirgan. Ota 2 marotaba oyoqlaridan, 1 marotaba yuzlaridan jarohat olgan, baxtli tasodif tufayli tirik kolgan. Otaxonning hozirgi kunga 10 nafar farzandi, 32 nafar naberasi va 38 nafar evaralari bor. Otaxonimiz umr yo‘ldoshlari marhuma Muhabbat aya bilan farzandlarini el-yurt ishiga kamarbasta qilib voyaga yetkazgan. Katta o‘g‘li Baxshulla - o‘qituvchi, Sayfulla - chorvador, Xayrulla - tish shifokori, Amrulla – aloqa bo‘limi xodimi, Nasulla – viloyat ichki ishlar bo‘limining xodimi, katta leytenant, hozirgi kunda nafaqada.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati