#Ғалаба75 #Победа75 Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi. AKRAM BELEYeVICh ShAMKAYeV (1916-1981).

Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlanadi.
AKRAM BELEYeVICh ShAMKAYeV (1916-1981).

Akram Belyayeyevich Shamkayev 1916 yilda Tatarstonda tug‘ildi. U mehnat faoliyatini 1931 yil Orenburg oblasti, Matveyev rayonidagi Staroye Ashirovo kishlog‘ida kolxozchi bo‘lib boshladi. A.B.Shamkayev 1937 yilda xizmatni o‘tab, tug‘ilgan qishlog‘iga qaytdi. 1941 yildan yana xarbiy xizmatga chaqirildi.
Ulug‘ Vatan urushi yillarida A.B.Shamkayev kishilarga xos matonat va mardlikka ega ekanligini namoyish etdi. U bo‘lim komandiri sifatida janglarda namuna bo‘ldi. 1944 yil Dnepr daryosini kechib o‘tishda A.B.Shamkayev komandirlik qilgan bo‘lim mardlik ko‘rsatdi.
Arxiv ma’lumotlariga tayanib hamda A.B.Shamkayevning quroldoshlari bilan yozishmalari hamda A.Mizgiryovning xotira daftaridan Ikkinchi jaxon urushida Sho‘rchi shahrida yashab o‘tgan A.Shamkayevning qaxramonliklari haqida xikoya qilmoqchimiz (Asl matn rus tilida).

Dnepr kechuvi:

- Akram, sening bo‘lim komandiring jangda halok bo‘ldi, sen uning vazifasini bajara olasanmi?
- Xo‘p bo‘ladi, o‘rtoq vzvod komandiri, men bu vazifani bajaraman va munosib komandir bo‘laman,-deb javob berdi, va Akram mening ishonchimni qozondi.
-Hamma mashinalarga!-komandasi yangradi. Bizlar panton mashinalarga o‘tirdik va ular birin-ketin kolonna bo‘lib yo‘lga tushdilar. Mahalliy aholi ayniksa ayollar va yosh bolalar bizni ko‘zlarida yosh bilan kuzatib qolishdi.
Sovuq. Kuz yomg‘irida shalabbo bo‘lib qolgan.O‘sha kuni yog‘ayotgan yomg‘ir kuchayib bormoqda edi. Bizning gimnastyorka va shinellarimiz yelkamizdan oqib tushayotgan sovuq suv oqimi sezilib turar edi. Biz bu vaqtda Dnepr daryosiga yaqinlashib qoldik. Biz ketayotgan mashina balchiqda botib qoldi barchamiz birgalikda arqonlar bilan mashinalarni botqoqdan chiqarib oldik.
Shamkayevning , –Bir-ikki oldik!-degan komandasini eshitaman. Mashinalar botqoqdan chiqdi. Akram,-Yaxshi hamki yomg‘ir yog‘moqda va tun qorong‘u, balkim qirg‘oqqa ham sezdirmay yetib olarmiz. Mashina va motorlar o‘chirildi, chunki bu yog‘iga kechuvni sezdirib qo‘ymaslik zarur, shuning uchun 1 tonna keladigan pantonlarini askarlar o‘z yelkalarida yarim belgacha bodkoqqa botgan holda olib, yo‘lga tushishdi.
Dushman Dnepr daryosi chap qirg‘og‘ida joylashgan dushman bizni sezmagan holda daryoning biz turgan tomoniga yoritgich raketalarini otib qirg‘oqni ko‘zdan kechirishmoqda goh-gohida pulemyotdan otayotgan o‘qlar bizning boshimiz ustidan uchib o‘tmoqda bu o‘qlar bizniki emasligini sezib turardik. Bizning avtomatlarimiz esa jim.
Kechuvga 38- armiya qo‘mondon general Maskolenko, siyosiy bo‘lim boshlig‘i armiya generali Yepishev, 1-O‘qraina fronti xarbiy injenerlar bo‘linmasi boshlig‘i qo‘mondoni Bronzilovskiylar bilan brigada komandirimiz polkovkin Yepifanov va boshka askarlar yetib kelishdi.
Moskolenko Shamkayev va uning bo‘limidagi askarlardan:- Kani yigitlar kechuvdan o‘tish uchun desant tayormi?,-deb so‘radi.
-Birinchi raschyot tayyor!-deb javob berdi Akram.
-Nima uchun birinchi?- so‘radi general.
-Chunki birinchidan bo‘lib o‘tishga bizga ishonch bildirgan,-javob berdi Akram.
Men o‘sha damda Akramning dadil javobdan tushundimki u menga pand bermaydi. Mening vzvodimda 4 ta bo‘lim, ularga tajribali serjantlar Chugunov, Fyodorov, Vafin va oddiy Askar Shamkayev komandirlik qilishadi.
Akram komandirlik qilayotgan birinchi bo‘lim pantomchilarning kechuvga o‘tish haqidagi komanda eshitildi. Akram komandasidagi pantomda 2ta 76mm pushka, 1 minomyot, 75ta desant, snaryad va o‘k-dorilar, 38 armiya polk shtabi boshlig‘i, polkovnik va u bilan 2 ta radist qizlar ratsiyalari bilan joylashgan, men esa kuzatuv punktidan turib panton yo‘nalishini kuzatib turibman, Akram esa qo‘l pulemyoti oldida turibdi. Pantomimiz suvdan haybat bilan to‘lkin ustida sekin ammo ishonch bilan dushman joylashgan qirg‘oq tomon suzib ketdi.
Xozirgina bo‘limga komandir qilib tayinlangan Akram ishonch bilan pantomni boshqarib borayotir.
Yomg‘ir yanada kuchaymokda, tun esa shunchalik qorong‘o‘qi yaqindagi turgan odamni ko‘rmaysan.
- O‘rtoq leytenant, kirg‘oqqa yaqin qoldimi? – deb so‘radi Akram.
Men unga qirg‘oqqa uch yuz mert chamasi qolganligini aytdim.
-Bizni dushman suvdaligimizda sezib qolmasa bo‘lgani,- xayajon bilan dedi Akram,- Tezroq quruqlikka chiqib olsak edi… Har bir qarich yerimiz uchun jon-jahtimiz bilan, ablahlar bilan olishamiz.
Asablar taranglashgan, nam bo‘lgan shinellarimizni yechib tashladik dushman sezib qolsa har narsa bo‘lishi mumkin, iloji boricha tezkor harakat qilish uchun yengil bo‘lishimiz kerak. Bizning pantomimiz tagi qumlikda sirpangani sezildi.
-Desantlar olg‘a!- degan polkovnikning komandasi yangradi.
Desantlar o‘zlarini suvga otishdi va kirg‘oq tomon qurollarini boshlari uzra ko‘tarib qirg‘oq tomon ketishdi. Qirg‘oq tomon suzib kelib, panton kirg‘oqqa hosil bo‘lgan jarlik kapasiga yashirindik, askarlar shovqinsiz va tez kirg‘oqqa tushdilar. Dushman tomonda jimlik, demak bizni sezishmadi.
Tezlikda qurol-yarog‘lar tushurildi va shu joyning o‘zida qurol-yarog‘ aslahalari uchun omborxona tayyorlandi. Alokachi qizlar Lena Dyatlova va Nina Radyuk aloqa punktini tayyorlashdi. Harbiy vrach Mariya Ivanovna Laver va xarbiy feldsher Tamara Vasilevna Leninalar yaradorlarni qabo‘l qilish punktini tayorlamoqda. Desantlar qurigan shox-shabbalarga tirmashib tepalikga chiqib atakaga hozirlik ko‘rishmoqda, arteleristlarimiz pushkalarni dushman tarafni mo‘ljalga olishmoqda, ularga A.Shamkayev bo‘limi arqonlar bilan joylashtirishga yoram berishmokda.

ATAKA
Sharqdan birinchi quyosh nurlari ko‘rindi, ufq chiziqlari tortilib, askarlar bir-birini ko‘radigan bo‘lganda gitlerchilar turgan transheyalarda granatalar portlashi va pulemyot ovozlari eshitila boshladi, birinchi transheyadagi dushman bilan qo‘l jangi boshlandi.
Akram hozirgina dushmanning yog‘och dzotida qo‘l pulemyotini o‘rnatmoqda, chunki biz tomonga dushman desantlari yo‘lni to‘sish uchun hujumga o‘tgan edi. Unga A.Asadulin pulemyotni o‘qlash uchun yordamga yugurdi va ular dushman ustiga ayovsiz o‘q yog‘dirishdi. Dushman atakasi qaytarildi. Jang qizigandan qizib borar edi.
Jangda qo‘l jangidan daxshatlisi bo‘lmaydi. Odam odamni miltiq ko‘ndog‘i bilan yoki miltiq shtiki bilan yoki askar lopatkasi bilan urib o‘ldirish, qo‘lda xech narsa bo‘lmaganda esa insonlar bir-birini qo‘l bilan bo‘g‘ib o‘ldirishga harakat qilishlar, bunda barcha usullar qo‘llanadi, chunki xech bir taraf o‘lishini istamaydi. Har tarafda baqir-chaqir yordam so‘raganlar, nidosi bosib yaralangan askarlarimiz yonida yotgan yaradorni o‘ldirish uchun jon holatda bir-biriga tashlanishar edi.
Bunday vaqtda insonlar vaxshiylashib ketishiga guvoh bo‘lganman.
Nihoyat birinchi transheyalardagi dushman yakson qilindi, u bizniki, endigi navbat dushmanning ichkariroq tomonidagi dzot va dotlarini yakson qilish.
Biz kechuvdan o‘tib dushman ichkarisida eni 400m qirg‘oqdan yarim qilometr dushman ichkarisiga kirgan front xosil qilindi.bizning egallab olgan 400m enlikdagi va 500 m ichkaridagi bir parcha yerda turib dushmanga qarshilik ko‘rsatmoqdamiz. Nemis gitlerchilar bizni Dneprga uloqtirib tashlash uchun «Tigr» va «Ferdinant» tanklarini «Pantera» o‘zi yurar pushkalarini atakaga tashlashdi.
Biz egallagan bir parcha yerni himoya qilishga o‘tdik yerlar –larzaga keldi snaryadlar va bombalar portlashdan, porox hidi bosib ketganligidan nafas olish uchun xavo yo‘q edi. Yaradorlar ko‘payib bormoqda. Serjant Vasidiy Dyagin 7 chi bor yaralandi uning tanasida sog‘ joy qolmagan. Mariya Ivanovna :-Bu safar uning tirik kolishiga ishonmayman-dedi.
Mana nemislarning 11- atakasini qaytardik, shuncha marta qo‘l jangi bo‘lib o‘tdi.
-Pantonchilarlar ortimdan!-degan Akramning komandasi eshitildi va dushman ustida qo‘l pulemyotidan o‘q yogdirib, dushman ustiga otildi.
Yana bir dushmaning kontratakasi qaytarildi. Biz okop ichida turibmiz, atrofimizda dushman murdalari yotar edi. Saninstruqtor Pitrenko Shamkayevning yaralangan oyog‘ini bog‘lamoqda.
-Akram yarang yengilmi. Bo‘limingda 6 kishi koldi, ularni boshqara olasanmi?-deb so‘radim.
-Xech qisi yo‘q,-deb javob berdi Petrenko-o‘q suyagiga tegmagan men yarani jgut bilan bog‘ladim.
Akramga u qirg‘oqka qaytishga buyruq berdim.
-Yo‘q men ketmayman, mening askarlarim shu yerda o‘rtoq komandir. Men ularni qanday qilib tashlab ketaman-deb javob berdi Akram.
Bir sutkada pantomchilar 15-17 martadan u qirg‘oqdan-bu qirg‘oqka askar, qurol-yaroqlar va tanklarni o‘tkazishdi. Pantomchilarning qo‘llari qontalash bo‘lib qolishgan edi. Bu holda ham Akram Shamkayev, Fyodor Alabugin, Ivan Kryukov, Ivan Putivsev, yefreytor Puchkov va boshqalar yarador holida ham jang maydonini tashlab ketishmadi.
Bruqlin, Pereyaslavl, Xmelnitsk, Lyutej, Kanevda o‘tgan kechuv qariyb 3 oy davom etdi. Nemislar bizlarni Dneprga uloqtirib tashlay olishmadi.
Kiyev shahridan 30 km shimolidan Lyutejsk platsdarmdan general Vatutin qo‘mondonlik qilayotgan 1 Uqraina fronti 1943 yilning 5 dan 6 noyabr o‘tar kechasi Kiyev shahrini nemis bosqinchilaridan ozod etdi.

HUJJATLI MA’LUMOT
1943 yil kuzda Dnepr uchun bo‘lgan Buqrin ostonasidagi jangda oltinchi brigada shaxsiy tarkibi talofatlari arxiv xujjatlarga asoslansak
1.Xalok bo‘lgan ofitserlar 22, serjant 64, oddiy askarlar 187, jami 273 jangchi.
2.Yarador bo‘lgan ofitserlar 66, serjant 137, oddiy Askar 444, jami 647 jangchi.
3.Asir tushganlar ofitserlar yo‘q, serjantlar yo‘q oddiy askarlardan yo‘q.
4.Evakuvatsiya qilingan ofitserlardan 8, serjantlardan 47, oddiy askarlar 134, jami 189 jangchi.
5. Kasallik bilan o‘lgan ofitserlar 5, serjant 12, oddiy askarlar 35, jami 52 janchi.
JAMI: 1190 jangchilar.

ASOS: Fond 30458, Opis 1, Delo 5, List 80.
Markaziy Qurolli Kuchlar Arxivi.

A.B. Shamkayev boshlichiligidagi 6 bo‘lim jangchilar Dnepr daryosini birinchilardan bo‘lib kechib o‘tdilar. Ana shu jangdagi mardligi uchun A.B.Shamkayev Sovet Ittifoqi Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. Katta serjant A.B.Shamkayev Xarkov, Kiyev shaharlarini, Polshani nemis fashist bosqinchilaridan ozod qilishda faol qatnashdi.
Ulug‘ Vatan urushidan keyin tinchlik davrida A.B.Shamkayev «Tarakqiyot» artelida rais, 1-MSTda mexanik-slesar, traktorchi bo‘lib ishladi. U xalq xo‘jaligini tiklashda faol ishtirok etdi.
A.B.Shamkayevning Ikkinchi Jaxon urushida ko‘rsatgan jasorati xukumat tomonidan munosib taqdirlandi. U Ulug‘ Vatan Urushi Qaxramoni unvoniga sazovor bo‘ldi. Oltin Yulduz medalini, 8 ta jangovar medali bilan mukofotlangan edi. Ulug‘ Vatan urushining aktiv katnashchisi, kamtarin inson Akram Beleyevich Shamkayevning xotirasi abadiy saqlanadi.
Mehnat va Ulug‘ Vatan urushi veterani, Qahramon, Ittifoq miqyosidagi nafaqachi 1944 yildan Akram Beleyevich Shamkayev uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 1981 yil 12 avgust kuni 65 yoshida vafot etdi. Uning porloq xotirasi bizning kalbimizda abadiy yashaydi.


ASOS: Fond 178. Ruyxat 1.
Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tuman davlat arxivi fondidan.