Hindistonning O'zbekistondagi elchisi Vinod Kumarning rasmiy tashrifi bo'lib o'tdi

2016 yil 16 fevral kuni O'zR KFFH MDAda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O'zarxiv” agentligining Bosh direktori A.X.Abdullaev, bosh direktor o'rinbosari D.L.Kucharova hamda Hindistonning O'zbekistondagi elchisi Vinod Kumar va elchixonaning siyosiy-madaniy masalalari bo'yicha 2-kotibi Kapil Sharma ishtirokida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda O'zbekiston va Hindistonning arxiv ishi sohasida olib borilayotgan islohotlari, ayniqsa arxiv ishi soxasiga yangi texnologiyalarni jalb qilish masalalari aytib o'tildi. Hindistonda maxsus dastur asosida tashkil etilgan turli soha vakillari uchun mo'ljallangan o'quv kurslari haqida ham ma'lumot berildi.

Shuningdek, O'zbekiston va Hindiston arxivlari hamkorligida ko'rgazmalar tashkil etish, ko'rgazmada arxiv hujjatlaridan foydalanish masalalari ko'rib o'tildi.

Rasmiy uchrashuv chog'ida O'zbekiston Respublikasi kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi bo'ylab ekskursiya tashkil etildi, ekskursiya so'nggida uchrashuv ishtirokchilariga arxivdagi kino hujjatlardan biri O'zbekiston va Hindiston hamkorligiga oid “Две улицы”  nomli hujjatli filmi namoyish etildi.