Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mehnat faxriysi Isoxon ota Sottixonov

#G‘alaba75 #Pobeda75
Namangan viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tizimidagi Kosonsoy tumani davlat arxivi rahbari va xodimlari MFY raisi Olimjon Doliyev hamrohligida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mehnat faxriysi Isoxon ota Sottixonovning uyiga tashrif buyurib, uning holidan xabar olishdi.
Isoxon ota Sottixonov 1923 yil 1 yanvarda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. Urushdan qaytgach, otaxon el-yurt xizmatida bo‘ldi. 1983 yilda nafaqaga chiqqach, hozirga qadar qarilik gashtini surib kelmoqda. U kishining hayoti har bir kishi uchun ibrat maktabidir.
Tashrif davomida otaxon bilan dildan suhbat qurildi. Urush xotiralari yodga olindi, bugungi tinch va osoyishta kunlarga shukronalar aytildi.
Tashrif yakunida otaxon bu yo‘qlovdan juda mamnun bo‘lganini ta’kidlab, mehmonlarni duo qildilar.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati