IKKINChI O‘QIShDA QONUN QABUL QILINDI

2020 yil 14 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining videokonferens aloqa tarzidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ham muhokama etildi.
Unga ko‘ra, “Arxiv ishi” to‘g‘risidagi qonuniga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, qonunchilikka Milliy arxiv, Markaziy davlat arxivi, viloyat, tuman (shahar) davlat arxivlari tushunchalari kiritildi.
Shuningdek, arxiv binolaridan samarali va maqsadli foydalanish uchun qonunga ularni begonalashtirmaslik tushunchasi kiritilib, Milliy arxiv fondi hujjatlarining saqlanishi kafolatlandi.
Eng muhimi Milliy arxiv fondini o‘zlarida saqlash huquqiga ega bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, idoralarda "Tarmoq davlat arxivi" tashkil etish mumkinligi qonun bilan belgilab berildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати