JORIY YIL 21 YaNVAR' kuni SOAT 10.00 da ilmiy- ma'rifiy anjuman

#ANONS
O‘zbekiston Milliy arxivida JORIY YIL 21 YaNVAR' kuni SOAT 10.00 da XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-siyosiy harakatchiligining eng yirik namoyandasi, yangi davr o‘zbek madaniyatining asoschisi, Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi, o‘zbek dramaturgiyasini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist Maxmudxo‘ja Behbudiyning 145 yil tavalludi munosabati bilan “Tarixning o‘qilmagan sahifalari” mavzusida ilmiy- ma'rifiy anjuman o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.
Mazkur tadbirda "M.Behbudiy faoliyatiga oid O‘zbekiston Milliy arxivi fondlaridagi o‘rganilmagan yangi ma'lumotlar haqida" mavzudagi ma'ruzasi bilan Angliya Oksford universiteti tadqiqotchisi Tomas Vel'sford, A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti vakillari, Milliy arxivlar xodimlari ishtirok etadilar.
TADBIRGA QIZIQQAN JURNALISTLAR, OLIMLAR, TALABALARNI TAKLIF ETAMIZ!
Ishtirok etish istagida bo‘lganlarni oldindan ro‘yxatdan o‘tishlarini iltimos qilamiz. Tel: 71-230-50-44, 71-277-04-80
Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasi 2 uy.
 
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati