Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari O’zbekiston milliy arxivi yosh xodimi Rayimjonov D.B Moskvada bolib otgan XXVI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

Joriy yilning 7-8 noyabr kunlari O’zbekiston milliy arxivi xodimi Rayimjonov D.B Moskvada bolib otgan "Axborot jamiyatidagi hujjatlarshtirish: raqamli transformatsiya sharoitida ish yuritish va arxiv ishi" XXVI xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi. Konferentsiya Xalqaro arxivlar kengashi (XAK) homiyligida va birinchi marta XAK Bosh kotibi Antea Sales ishtirokida o'tkazildi. Konferensiya tashkilotchilari Xalqaro arxivlar kengashi (Yevro Osiyo), Federal arxiv agentligi (Rosarxiv), Butun Rossiya hujjatshunoslik va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot instituti (BRHAIITI), Moskva moliya-huquq universiteti (MMHI) Yevropa mintaqaviy bo'limlari tomonidan tashkillashtirildi.
Konferensiyada Rossiya vakillari bilan birga - olimlar, davlat va tijorat tuzilmalari xodimlari, arxiv muassasalari va boshqaruvni hujjatlashtirish xizmati xodimlari, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari 15 mamlakatdan: Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Bosniya va Gertsegovina, Vetnam Sotsialistik Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Mo'g'uliston, Rossiya Federatsiyasi, Sloveniya Respublikasi, O'zbekiston Respublikasi, Finlyandiya Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi, Chernogoriya Respublikasi  ishtirok etdi.
Shuningdek, 9 noyabr, Moskva moliya-huquqiy universiteti MMHI binosida hujjatshunoslik va arxiv ishi (BRHAIITI), Alma Mater Europaea universiteti (Maribor), Triesta va Maribor arxiv xalqaro instituti (IIAS) Butunrossiya tadqiqot instituti boshchiligida slavyan mamlakatlari arxivlarining "Raqamli transformatsiya davrida slavyan kuchlari arxivlari" X-konferensiyasi  bo'lib o'tdi. Konferentsiyani hujjatshunoslik va arxiv ishi bo'yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori (BRHAIITI), yuridik fanlar doktori N.N. Kunyaev ochib berdi. Qiziqarli ma'ruza bilan Federal arxiv agentligi rahbari A. N. Artizov so'zga chiqdi. Yig'ilganlarga Rossiya arxiv tarmog'i, aholi arxivlariga bo'lgan talab, kelgusi yillarda Rossiya arxivchilarining vazifalari va rejalari haqida so'zlab berdi.