Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid

 

Hatto rivojlangan davlatlarning asosiy muammolaridan biri korrupsiyani oldini olinmasa har qanday davlat qancha qudratli bo‘lmasin tanazzulga yuz tutishi bugungi davr xulosasidir. Shunday ekan korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishda hamma birgalikda bahamjixatlik bilan harakat qilmog‘i lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi arxiv muassasalarida ham korrupsiyaga qarshi kurashga chaqiruvchi turli amaliy tadbirlar o‘tkazilib kelinadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining 2018 yil 7 iyundagi 4-sonli yig‘ilish bayonnomasi, “O‘zarxiv” agentligining 2018 yil 16 iyuldagi 197-son buyrug‘i hamda 2018 yil 25 iyuldagi 14-AF sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida bugun “O‘zarxiv” agentligi raxbarligida Markaziy davlat arxivlari va Toshkent shaxar arxiv ishi hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida “Korrupsiya – milliy xavfsizlikka tahdid” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni “O‘zarxiv” agentligi tizimida Korrupsiyaga qarshi kurash komissiyasi Raisi, Agentlik Bosh direktori U.A’lamov olib bordi va “O‘zarxiv” agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Shuningdek Toshkent davlat yuridik universiteti professori O.Z.Muxammadjonov o‘zining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning huquqiy asoslari” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.