“Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruv tizimi – Qo‘llash uchun talab va takliflar” mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi

Bugun 2019 yil 14 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivida Korrupsiyaga qarshi kurashishni yangi yo‘llarini targ‘ib qilish maqsadida Xalqaro ISO 37001 “Korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruv tizimi – Qo‘llash uchun talab va takliflar” mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminarda "O‘zarxiv" agentligi Markaziy apparat xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlari, Toshkent viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbar va tegishli mutaxasislari ishtirok etdilar. O‘quv seminarda seminar dasturiga binoan xalqaro trening kompaniyasi (CERT ACADEMY) ma’ruzachisi va xalqaro CERT INTERNATIONAL kompaniyasi auditori Lukmanov Said-Abrorbekning korrupsiyaga qarshi harakat boshqaruv tizimi xalqaro ISO 37001 standarti va uni faoliyatga joriy etish to‘g‘risida ma’ruzasi tinglandi. Ushbu ma’ruza davomida korrupsiya illatlarining kelib chiqish sabablari, uni oldini olish choralari, shuningdek xalqaro davlatlarda korrupsiya darajalari va oqibatlari xususida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga ushbu tizimni arxiv faoliyatida bevosita tadbiq qilish mexanizmi xususida ma’lumotlar berildi. Shuningdek seminar dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi yuridik maslahatchisi A.Ergashev tomonidan davlat arxivlarida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiya elementlari va ularning barataraf etish va korrupsiya oqibatlari yuzasidan hayotiy faktlar asosida ma’lumotlar berildi

.