Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyip Erdo'g'anning O'zbekistonga davlat tashrifi doirasida bugun Toshkentda O'zbekiston – Turkiya biznes forumi ham o'tkzildi. Biznes forumda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Jumhuriyati prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an qatnashdi va so'zga chiqdilar.

Prezidentlarning Biznes forumdagi chiqishlari Turkiya Jumhuriyati prezidenti matbuot xizmatining rasmiy tvitterida e`lon qilindi.

Forum davomida Shavkat Mirziyoyev yaqindagina lavozimga tayinlangan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayevni yig'ilganlarga tanishtirar ekan, «Bu yigit ish boshqaruviga yangi havo olib kiruvchi, byurokratik tizimlarda hech qachon ishlab ko'rmagan, tadbirkor, — dedi. — Endi bu yigit bugundan boshlab ikki karra mas`uliyatli bo'ladi. Sizlarga [turkiyalik tadbirkorlarga] Toshkent shahrida biror kishi to'siq bo'lsa — buning vijdoniga havola».

Eslatib o'tamiz, Toshkentda bo'lib o'tayotgan O'zbekiston – Turkiya biznes forumida 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy loyihalar bo'yicha umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng bitimlar imzolanishi kutilayotgani avvalroq xabar qilingan edi.


Manba : Kun.uz