Muammolar joyida yechilmoqda

 

Avval xabar berilganidek, bugun 19-fevral kuni “Oʻzarxiv” agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshligʻining 2021-yilning I yarim yilligida shahar va tuman arxivlarida jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvali”ga muvofiq, Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘I S.Bekovaning Xatirchi tumanida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabul tumandagi Bogʻishamol mahalla fuqarolar yig‘inida Xatirchi tumani Adliya boʻlimi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi va Sud organlarining mutasaddi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Qabulda dastlab, tuman yoshlari bilan davra suhbati oʻtkazilib, soha boʻyicha yoshlarni qiziqtirgan savollar atroflicha muhokama qilindi va kelgusida kasbga yoʻnaltirish boʻyicha tavsiyalir berildi.

 Yoshlar bilan uchrashuv yakunlangach, tuman aholisini qiynab kelayotgan muammolari eshitilib, mazkur muammoli masalalar mutasaddilar tomonidan atroflicha tahlil qilindi hamda muhokama jarayonida vakolatlari doirasida yechimi bor masalalar hal etildi hamda tegishli huquqiy tafsiyalar berildi.

Navoiy viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi Axborot xizmati