MUNOSABAT

Davlat Rahbari  BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasida dunyo hamjamiyati, xususan Markaziy Osiyo davlatlari bundan buyon nimalarga e’tibor berishi kerakligini ta’kidladi. Markaziy Osiyo davlatlarining jahonga chiqishining eng muhim yo‘li, yaxshi qo‘shnichilik, iqtisodiy va xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik deb .e’tirof etildi. Bu esa O‘zbekiston misolida namayon bo‘layotganligini xalqimiz ko‘rib turibdi. Nafaqat bizning xalq balki, qo‘shni davlatlar xalqi tomonidan e’tirof etildi. Bu qo‘shnichilikning tub mohiyatini Prezidentimiz BMTning o‘tgan yillardagi yig‘ilishida bergan takliflarida ta’kidlagan edi. Shundan so‘ng Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. Ma’lumki, mintaqamizning ko‘hna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega. Ijtimoiy hamkorlik strategiyasi natijasi o‘laroq Markaziy Osiyo xalqlarining boy madaniy merosidan butun dunyo to‘laqonli foydalanishga, uni asrab avaylashga, muhofaza qilishga e’tibori tortildi. Shu boiski, Prezident  YuNESKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva shahrida 2021 yilda “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” degan mavzuda xalqaro forumni o‘tkazishga chaqirdi. Albatta, bu forumni Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan jonajon vatanimizda o‘tkazish belgilanganligida ko‘p ma’no bor. E’tibor bersangiz, Prezident o‘z nutqida shu haqda fikr yuritib, bunga tayyor ekanligini ta’kidladi. Haqiqatdan, bunday katta anjumanni o‘tkazishga davlat tayyorligi shu sohadagi davlat boshqaruvi organlarining keyingi vaqtlarda madaniy meros, tarix va arxiv sohasiga tizimli yondashib kelayotganligidadir. BMT faoliyatida yana bir muhim jihatlardan biri, garchi davlatimiz 1992 yilda BMT ga a’zo bo‘lgan bo‘lsada, unda ilk bor kecha O‘zbekiston o‘z tilida, davlat tilida ishtirok etdi. Bu esa, o‘zbek tilining dunyo bo‘ylab jaranglagani bo‘lsa, ikkinchidan til siyosatini yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo siyosiy maydonidagi eng katta minbarda O‘zbek bayrog‘i xilpirab, o‘zbek tilining jaranglashi ko‘pgina xalqlarda xayrat uyg‘otgan bo‘lishi tabiiydir. Davlatimiz Rahbarining shu katta minbarda bergan takliflari kambag‘allikka qarshi kurash, ekologiya, yoshlar va inson huquqlari, mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik va boshqa sohalarni rivojlantirishga karatilgan takliflar, o‘ylaymanki, BMTning yangi rezolyutsiyalari, kelishuvlarini ishlab chiqishga katta xizmat qiladi. Yana bir muhim takliflardan biri, dunyoni o‘z domiga tortayotgan tojli og‘uga qarshi birgalikda, davlatlarning ixtiyoriy majburiyatlari to‘g‘risidagi xalqaro kodeksni ishlab chiqish yuzasidan BMTga O‘zbekiston taklifi kiritilganligidir.


Sh. Tursunbayev
"O‘zarxiv" agentligi direktori maslahatchisi


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати