O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

30-aprel kuni Ko‘ksaroyda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. 

Ayni paytda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tmoqda. Uchrashuvda asosan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga o‘tgan yilgi davlat tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy ishonchni mustahkamlab, barcha sohalardagi aloqalarga keng yo‘l ochgan edi. O‘zbekiston va Turkiya xalqi bu galgi muzokaralardan ham katta natijalar kutmoqda.


Manba : President.uz