Ona tilim – o‘zbek tilim

Millatimning ruhi bo‘lgan ona tilim,
Davlatimning mulki bo‘lgan ona tilim.
Qatag‘onlar, xo‘rliklar-u, cheklovlarga
Bardosh bergan ona tilim – o‘zbek tilim.

Sen sinmading – milliy ruhim yo‘qotmadim,
Bulbuldayin zabonimni yo‘qotmadim.
Navoiy-u, Bobur kabi siymolardan
Meros bo‘lgan ona tilim – o‘zbek tilim.

Mustaqillik seni menga qaytib berdi,
Millatimni, o‘zligimni qaytib berdi.
Davlatimning eng muqaddas ramzidirsan,
E’zozda bo‘l, ona tilim – o‘zbek tilim.

Marg‘ilon shahar davlat arxivi arxivchisi Muborakxon Axmedova