Otalar jasorati mangudir

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi. Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o‘z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bag‘rikeng va olijanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir. 2018 yil 01 may kuni Asaka tumani Avtomobilsozlik kollejida “9-may Xotira va qadrlash”kuni munosabati bilan “Inson xotirasi aziz, qadri muqaddas”dir mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Asaka tumani xokimi E.A.Yoqubov, “Oltin meros” jamharmasi, FO‘O‘BOFM Asaka tuman kengashi, “Yoshlar ittifoqi” Asaka tuman kengashi hamda tumandagi korxona, tashkilot va muassalar vakillari, shuningdek Asaka tuman davlat arxivi xodimlari, Asakaning yuksalishi yo‘lida samarali mehnat qilib olamdan o‘tib ketgan fidoyi insonlarning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “YoDNOMA” kechasida ularning oila a’zolari hamda yaqin qarindoshlari ishtirok etdilar.