O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyati tomonidan 2019 yil 15 iyulda 08/1-632-son bilan tasdiqlangan “O‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2019 yil II yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabul jadvali”ga muvofiq 2019 yil 19 iyul kuni “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov Buxoro viloyat Qorako‘l tumani davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarining sayyor qabulini o‘tkazadi.