"O'zarxiv" agentligi Bosh direktori U. M. Yusupov va bosh direktor o'rinbosari D. L. Kucharova "Kitob Chelleng" aksiyasida ishtirok etdilar

"O'zarxiv" agentligi Bosh direktori U. M. Yusupov "Kitob Chellenj" aksiyasi doirasida joriy yilning 28 mart kuni o'zi o'qigan Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 38-sonli "Orom" maktabiga tashrif buyurdi. O’quvchilar maktabning sobiq bitiruvchisini she’rlar bilan qarshi oldilar.U. Yusupov 38-maktab o'qituvchisi va o'quvchilari bilan uchrashdi va suhbat davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Aksiya doirasida U. Yusupov o'zining sevimli maktabiga kitoblar sovg'a qildi.

Shu kuni "O'zarxiv" agentligi Bosh direktorining o'rinbosari D. L. Kucharova "Kitob Chelleng" aksiyasi doirasida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 144-maktabiga tashrif buyurdi. Maktab sobiq bitiruvchisini iliq va quvnoq kutib oldi. D. Kucharova o'qituvchi va o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. D. Kucharova aksiya doirasida maktab kutubxonasiga kitoblar taqdim etdi.