"O‘ZARXIV" AGENTLIGI DIREKTORI QO‘NG‘IROT TUMANI DAVLAT ARXIVI FAOLIYATI BILAN TANIShDI

Joriy yil 22 sentyabr Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari davomida "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
U.Yusupov mazkur arxiv moddiy texnik bazasi, axborot resurslari, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, mavjud muammolar yuzasidan xodimlar bilan suxbatlashdi. Uchrashuv chog‘ida tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Ma’lumot uchun: Qo‘ng‘irot tuman davlat arxivida joriy yilda katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Davlat arxivining fondlar xajmi bugungi kun holatiga jami 355 ta, ya’ni 55 553 ta saqlov birligini tashkil qiladi.
Joriy ta’mirlash ishlaridan so‘ng davlat arxivida xodimlar uchun hamda arxivga murojaat qilib kelayotgan fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratildi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати