"O‘zarxiv" agentligi direktori U. Yusupovning jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

2020 yil 28 yanvar kuni soat 14.00da Toshkent viloyati Olmaliq shahar davlat arxivi binosida "O‘zarxiv" agentligi direktori U. Yusupovning jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Fuqarolarning murojaatlari o‘z joyida ijobiy hal etildi.
Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Olmaliq shahar davlat arxivi hamda Olmaliq shahar shaxsiy tarkib xujjatlari davlat arxivi faoliyati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Bundan tashqari “O‘zarxiv” agentligi direktori U.Yusupov Toshkent viloyati Arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda davlat arxivlari rahbarlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, 2020 yilda davlat arxivlari oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan suxbatlashdi.

“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati