“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Buxoro viloyatidagi xizmat safari doirasida Buxoro viloyat davlat arxivida va Vobkent, Peshku, Buxoro, Jondor tuman davlat arxivlarida hamda Romitan, Buxoro, Jondor tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo'ldi.


















































“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Buxoro viloyatidagi xizmat safari doirasida Buxoro viloyat davlat arxivida va Vobkent, Peshku, Buxoro, Jondor tuman davlat arxivlarida hamda Romitan, Buxoro, Jondor tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida bo'ldi.


U.Yusupov arxivlar ish jarayoni bilan tanishib, ishlatilayotgan axborot tizimlari samaradorligi, hujjatlarni saqlanish holati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatilayotgan xizmatlarning tezkorligi bilan tanishib, arxiv xodimlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

Ma'lumot uchun: Buxoro viloyat Vobkent tuman davlat arxivi 1947-yilda G‘ijduvon tuman davlat arxivi tarkibida tashkil etilgan. Hozirgi davrda Vobkent tuman davlat arxivida 238 ta fond mavjud bo‘lib, jami 60461 saqlov birligidagi hujjatlar bo‘lib, shundan doimiy 34228 saqlov birligida, shaxsiy tarkib hujjatlari 26233 saqlov birligidagi hujjatlardan iborat.

Ma'lumot uchun: Romitan tuman shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 1981-yilda tashkil etilgan. Romitan tuman hokimligi huzuridagi idoralararo shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivi 1981-yil 16-maydagi 12p 287-sonli Rayispolkom qarori bilan tashkil topgan. Arxiv tashkil topgan yilda 2 nafar xodim ish olib borgan, 3518 saqlov birligida hujjat mavjud bo‘lgan. Hozirgi kunda 23485 saqlov birligidagi shaxsiy tarkibga oid hujjatlar mavjud.

Ma'lumot uchun: Buxoro tuman davlat arxivi 1943-yilda tashkil etilgan. Buxoro tuman hokimining 2012-yil 29-maydagi 567-sonli qaroriga asosan Buxoro tuman davlat arxivi deb nomlangan. Hozirgi kunda davlat arxivida 208 fond 45717 saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari mavjud.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati