“O’zarxiv” agentligi Hay’atining yig’ilishi BAYONNOMASI -1 yarim yillik

“O’zarxiv” agentligi Hay’atining yig’ilishi

BAYONNOMASI

 

2018 yil 3 iyulь

№ 5

Toshkent sh.

 

Raislik qiluvchi:

 

U.B.A’lamov - “O’zarxiv” agentligi bosh direktori

 

Qatnashganlar:

 

 

 

D.L.Kucharova - “O’zarxiv” agentligi bosh direktori o’rinbosari, Hay’at raisi o’rinbosari;

A.J.Maxammatov - O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi direktori, Hay’at a’zosi;

 

Agentlik markaziy apparati xodimlari, O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari, Toshkent viloyati va Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, Toshkent viloyat va Toshkent shahar davlat arxivi direktorlari, O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari bo’lim mudirlari, Toshkent viloyat tuman (shahar) davlat arxivlari direktorlari

 

KUN TARTIBI

 

  1. Respublika davlat arxivlarining 2018 yil I yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari to’g’risida;

1.1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “O’zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlardagi ijro intizomi va ish yuritish holati to’g’risida;

1.2. “O’zarxiv” agentligining 2018 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan asosiy ish rejasi to’g’risida.

 

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faol investitsiya siyosatini amalga oshirish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 478-son qarori ijrosi to’g’risida:

 

Kun tartibidagi masalalar bo’yicha berilgan ma’lumotlar va bildirilgan fikr-mulohazalar muhokamasi asosida QAROR QILINDI:

 

  1. Respublika arxivlarining 2018 yil I yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari to’g’risida

(U.A’lamov, A.Mengliev, D.Kucharova, A.Turapov, B.Axmedov, D.Zakirova, A.Mahammatov, SH.Sodiqov, A.Maxammatov, U.A’lamov)

 

1. “O’zarxiv” agentligi Bosh direktori U.A’lamovning Respublika arxivlarining
2018 yil I yarim yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yakunlari to’g’risidagi axboroti, hususan:

O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2018 yil I yarim yilligiga mo’ljallangan rejasiga ko’ra 54 ta ko’rsatkichlar bo’yicha bajarilib, 31 ta ko’rsatkich bo’yicha oshirib bajarilganligi;

hisobot davrida respublika davlat arxivlari pulli xizmatlarining umumiy hajmi
2017 yilning shu davriga nisbatan o’sganligi va 5,8 mlrd. so’mni, o’sish sur’ati 140 %
(2017 yil 1-yarim yillik yakunida – 4,1 mlrd. so’m) tashkil etganligi;

2018 yil I yarim yillik mobaynida ko’chmas mulk ob’ektlarini yalpi xatlovini o’tkazilishi bilan bog’liq 1,2 mlrd. (2017 yil 1-yarim yilligida 499,1 mln.) hajmdagi pulli xizmatlar bepul bajarilganligi;

Agentlik tomonidan davlat arxivlari saqlovida bo’lgan shaxsiy tarkibga oid hujjatlarning ro’yxatlarini raqamlashtirish va elektron bazasini yaratish ishlari olib borilib, bugungi kunda jami 4 205 543 s.b. mavjud 1 441 013 ta ro’yxat raqamlashtirilganligi;

O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining alohida qimmatli hujjatlari elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishilganligi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davri davomida 1 379 887 qog’oz,
19 094 sur’at, 150 ta kino va 179 ta ovozli hujjatlarining elektron nusxalari hamda
28 040 saqlov birligidagi qog’oz asosdagi va 6 210 hisob birligidagi sur’at hujjatlardan 34 250 ta bibliografik ma’lumotlari yaratilganligi;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag’batlantirishni kuchaytirish to’g’risida”gi Qarori va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatga haq to’lash va ularni moddiy rag’batlantirishning takomillashtirish tizimini tasdiqlash haqida”gi 2018 yil 19 iyundagi 458-son qarori qabul qilinganligi,

“Arxiv ishi to’g’risida”gi Qonunga va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 3 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 49-son qaroriga o’zgartirish kiritish bo’yicha tegishli idoralar bilan kelishuvdan o’tkazilib, Vazirlar Mahkamasiga loyiha hujjatlari kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Shu bilan birga,

Respublikada davlat arxivlari tomonidan asosiy faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan ayrim ishlar talab darajasida emasligi, jumladan:

2018 yil 1-yarim yilligi uchun belgilangan rejalarni bajarishda arxiv hujjatlari asosida radio eshitirish tayyorlash O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida (80%)ni,

maqola tayyorlash Sirdaryo viloyatida (57 %), Namangan viloyatida (97 %) ni,

alohida qimmatli hujjatlari aniqlash Namangan viloyatida (55 %) ni,

shaxsiy tarkib hujjatlarini ro’yxatlash Farg’ona viloyatida (78 %) ni,

ilmiy-texnik hujjatlarni qimmatdorligini ekpertizalash O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida (73 %)ni;

tashkilotlarda arxiv ishini yalpi o’rganish o’tkazish Qoraqalpog’iston Respublikasida (76 %) ni;

tashkilotlarda arxiv ishini nazorat o’rganish o’tkazish O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida (54%)ni;

xodimlar malakasini oshirish Namangan viloyatida (64%) ni tashkil etib, sustkashlikka yo’l qo’yilayotganligi alohida ko’rsatib o’tilsin;

Davlat arxivlari saqlovida bo’lgan arxiv hujjatlarini fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda hujjatlar xatlovini takomillashtirish borasida ishlar qoniqarli tashkil etilmaganligi  jiddiy kamchilik sifatida ko’rsatib o’tilsin.

2017 yil 27 noyabridagi “O’zarxiv” agentligi (01-06/5-son) Hay’atining kengaytirilgan yig’ilishi 5-son bayonnomasining:

6-bandida 2017 yil IV chorak davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi (rejalashtirilgan qayta fondlashtirish 37 fonddan 24 988 s.b.) arxiv ishi hududiy boshqarmasi va O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi (9 fonddan 1 279 s.b.) tomonidan qayta fondlashtirish ishlarini yakuniga yetkazilishi belgilanganligiga qaramasdan 2018 yil 1-yarim yillik yakuniga qadar mazkur ishlar amalga oshirilmaganligi;

7-bandi 2-xatboshida davlat arxivlariga qabul qilingan va rasmiylashtirishgan hujjatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarni har chorak bo’yicha dalolatnomalar nusxalarini Agentlikka (PDF shaklda) taqdim qilinishi ta’minlanishi belgilanganligiga qaramasdan 2018 yil 1 yarim yillik yakuni bo’yicha birorta markaziy davlat arxivi va arxiv ishi huhudiy boshqarmalari tomonidan Agentlikka taqdim qilinmaganligi (Farg’ona AIHB si bundan mustasno);

Buxoro (120 fondda 60 231 s.b. 2018 yil 1 yarim yilligida 108 fondda 57 777 s.b.), Namangan (149 fondda 27574 s.b. 2018 yil 1 yarim yilligida 109 fondda 27 194 s.b.), Toshkent viloyati (439 fondda 101 504 s.b. 2018 yil 1 yarim yilligida 439 fondda 101 504 s.b.) AIHB tomonidan qayta fondlashtirish ishlarini tezkor amalga oshirilishi ta’minlanmaganligi jiddiy kamchilik sifatida ko’rsatib o’tilsin.

3. Agentlik bo’lim boshlig’i A.Mengilev, Agentlik bosh mutaxassisi A.Amirov Davlat arxivlari saqlovida bo’lgan arxiv hujjatlarini fondlashtirish va qayta fondlashtirish hamda hujjatlar xatlovini takomillashtirish borasida kamchiliklarga yo’l qo’ygan rahbarlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo ko’rish bo’yicha uch kunlik muddatda taklif kiritsinlar.

4. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnik va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi (B.Axmedov), Qoraqalpog’iston Respublikasi (M.Qaipnazarov), Sirdaryo (M.Karimkulov), Namangan (N.Axmadaliev), Farg’ona (Yu.Kamolov) viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari rahbarlari asosiy ish rejasidagi belgilangan ko’rsatkichlarning bajarilishini ta’minlash choralarini ko’rsinlar;

ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar bo’yicha har bir arxivda o’rganish o’tkazib, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha amaliy chora-tadbirlar belgilasinlar;

amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir oy muddatdaAgentlikka ma’lumot kiritsinlar.

5. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari va O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi direktorlari asosiy ish rejasidagi belgilangan ko’rsatkichlarning o’sish sur’atini ta’minlash choralarini ko’rsinlar.

6. Agentlik bo’lim boshlig’i A.Mengliev, Agentlik Nazorat sektori SH.Hojiboev
2018 yil 1-yarim yilligi uchun belgilangan rejalarni bajarishda sustkashlikka yo’l qo’ygan arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari va markaziy davlat arxivlari direktorlariga nisbatan intizomiy chora ko’rish bo’yicha taklif kiritsinlar.

7. Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan viloyatdagi davlat arxivlarida mavjud doimiy saqlovdagi hujjatlarni viloyat bo’yicha markazlashgan holda saqlanishini ta’minlash bo’yicha amaliy takliflari ma’qullansin.

8. Agentlik bo’lim boshlig’i A.Mengliev, Farg’ona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig’i Yu.Kamolov:

Farg’ona viloyati tuman, shahar davlat arxivlarida mavjud doimiy saqlovdagi hujjatlarni havfsizligini ta’minlash, saqlov sharoitlarini yaxshilash maqsadida Farg’ona viloyat davlat arxivda markazlashgan holda saqlash pilot loyiha sifatida tashkil qilinsin;

Farg’ona viloyati tuman, shahar davlat arxivlarida mavjud doimiy saqlovdagi hujjatlarni Farg’ona viloyat davlat arxivda markazlashgan holda saqlash uchun amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha aniq harakatlar rejasini ishlab chiqsinlar;

fuqarolarning sarsongarchiligini oldini olish maqsadida Farg’ona viloyati tuman shahar davlat arxivlari va ularning filiallari barcha darajadagi so’rovlarni, jumladan doimiy saqlovdagi hujjatlari bo’yicha ham so’rovlarni qabul qilinishini va arxiv ma’lumotnomalarni fuqaro murojat etgan joydan olinishini ta’minlasinlar;

Farg’ona viloyati, tuman, shahar davlat arxivlarida mavjud doimiy saqlovdagi hujjatlarni Farg’ona viloyat davlat arxivda markazlashgan holda saqlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan har oyning oxirida Agentlik rahbariyatiga ma’lumot kiritib borsinlar.

 

1.1. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “O’zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlardagi ijro intizomi va ish yuritish holati to’g’risida

(U.A’lamov, O.Xasanova, SH.Xojiboev, A.Mengliev, A.Maxkamov, D.Kucharova, A.Mahammatov, U.A’lamov)

9. “O’zarxiv” agentligi tizimidagi arxivlarda 2018 yil I yarim yillik davomida ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, orqalikelib tushgan murojaatlar ijrosi holati va bu borada yo’l qo’yilgan kamchiliklar yuzasidan “O’zarxiv” agentligi bo’lim boshlig’i O.Xasanova, nazorat sektori SH.Xojiboevlarning axboroti, xususan:

2018 yil I yarim yillik davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 1 113 tani, yuborilgan hujjatlar 554 tani, 184 ta asosiy faoliyatga oid, 50 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 12 ta farmoyishni tashkil etganligi;

2018 yil I yarim yillik davomida Agentlik tomonidan 222 ta shundan, O’zbekiston Respublikasi qonunlari (15 ta) O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, formoyishi va qarorlari (107 ta) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (100 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilinganligi;

“O’zarxiv” agentligiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 323 ta, jumladan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 255 ta, my.gov.uz portali orqali 27 ta, Ishonch telefoni orqali 12 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi orqali 7 ta, Agentlikka yozma tarzda 22 ta murojaatlar kelib tushganligi, (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi 247 ta, my.gov.uz 27 ta, ishonch telefoni 7 ta, Bosh direktor virtual qabulxonasi 6 ta, Agentlikka yozma tarzda 15 ta) Qonunning 25-moddasiga muvofiq taalluqliligi bo’yicha tegishli joylarga yuborilganligi;

davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 2048 ta murojaatlar kelib tushganligi hamda ushbu murojaatlar o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqilganligi;

shuningdek, 2018 yil I yarim yillik davomida davlat arxivlariga jami 126 780 (103 %) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so’rovlar kelib tushganligi (2017 yil 1 - yarim yilligida - 122 002 ta), 109 666  nafar fuqaro arxivga shaxsan murojaat etganligi;

Arxiv hujjatlari asosida 110 392 ta so’rovlar bajarilib, ulardan 107 082 tasi ijobiy, 6 721 tasi salbiy javoblarni tashkil etganligi;

so’rovlar asosan evakuatsiya, mehnat staji, ish haqi, taqdirlanish, o’qish davrini tasdiqlashdan iborat bo’lganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

10. Shu bilan birga, ijro intizomini, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosini o’z vaqtida va sifatli ta’minlashda bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yilganligi, xususan:

O’zbekiston Respublikasi Ilmiy-texnika tibbiyot xujjatlari markaziy arxivi (B.Axmedov), O’zbekiston Respublikasi Kinofotofono xujjatlar markaziy davlat arxivi (D.Zakirova), Surxondaryo (B.Abdushukurov), Namangan (N.Axmadaliv), Sirdaryo (I.Karimqulov), Qashqadaryo (SH.Tursunov), Toshkent (G.Bekmuxammedova) viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Hukumatning qarorlari, “O’zarxiv” agentligining buyruqlari, farmoyishlari, bayonlari va topshiriqlarini ijrosini bajarilishida sustkashlikka yo’l qo’yib kelayotganligi;

Agentlik tomonidan yuborilgan xat va topshiriqlarni O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (3 ta), Namangan (3 ta), Qashqadaryo (3 ta), Qoraqalpog’iston Respublikasi (2 ta), Buxoro (2 ta), Farg’ona (2 ta), Sirdaryo (2 ta), Toshkent (2 ta), Samarqand
(1 ta), Surxondaryo (1 ta) viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari, O’zbekiston Respublikasi Kinofotofono hujjatlari markaziy davlat arxivi (1 ta) direktorlari, tomonidan o’z vaqtida ijrosi ta’minlanmaganligi jiddiy kamchilik sifatida ko’rsatib o’tilsin.

11. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (A.Maxammatov), Namangan (N.Axmadalie), Qashqadaryo (SH.Tursunov), Qoraqalpog’iston Respublikasi (M.Qaipnazarov), Buxoro (G’.Umarov), Farg’ona (Yu.Kamolov), Sirdaryo (I.Karimkulov), Toshkent (G.Bekmuxammedova) viloyatlari arxiv ishi hududiy boshqarmalari Agentlik tomonidan yuborilgan xat va topshiriqlarni o’z vaqtida ijrosi ta’minlanmaganligi uchun jiddiy ogohlantirilsinlar.

12. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi “RM.gov.uz portali”, orqali kelib tushayotgan murojaatlarni ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tomonidan chiqarilayotgan topshiriqlar ijrosi respublika arxivlari tomonidan o’z vaqtida va sifatli ta’minlanmayotganligi,

ayrim arxiv xodimlarining, ayniqsa murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlarning O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni bilan to’liq tanish emasligi, buning oqibatida esa quyidagi jiddiy xato-kamchiliklar kuzatilayotganligi, jumladan:

shuningdek, joylardagi xalq qabulxonalari tomonidan to’g’ridan to’g’ri tushgan murojaatlar ya’ni, Sirdaryo (1 ta), viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan murojaatlar 15 kunlik muddatdan kechiktirib bajarilganligi;

Surxondaryo viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi tomonidan, my.gov.uz portalidan kelgan 3 ta murojaatni kechiktirib ochganligi va bu holat Agentlikning AKTni rivojlantirish indeksi tizimida reyting darajasi pasayib ketishiga sabab bo’lganligi jiddiy kamchilik sifatida ko’rsatib o’tilsin;

13. Agentlik bo’lim boshlig’i (O.Xasanova):

“Arxiv xizmatlarini ko’rsatish Markazi”da ish faoliyatida hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o’z vaqtida ijro etish bo’yicha kamchiliklarga yo’l qo’ygan mas’uliyatsizlik bilan yondashgan rahbarlarga nisbatan tegishli intizomiy jazo choralarini ko’rish uchun uch kunlik muddatda taklif kiritsin;

14. Sirdaryo (I.Karimkulov), Surxondaryo (B.Abdushukurov) viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari murojaatlarni ijrosini o’z vaqtida ta’minlanishida mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan so’zsiz intizomiy jazo choralar ko’rsinlar.

15. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari boshliqlari, O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari:

arxivlarda ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so’rovlar va murojaatlar bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko’rsinlar;

ijtimoiy-huquqiy mazmundagi so’rovlar va murojaatlar bilan ishlashga mas’ul xodimlarning doimiy tarzda malaka oshirib borishlarini ta’minlasinlar;

bir haftalik muddatda Agentlikning Hay’at yig’ilishlarida berilgan topshiriq va vazifalarni xar birini ijrosi yuzasidan qilingan ishlar bo’yicha Agentlikka ma’lumot kiritsinlar;

xodimlarni arxiv sohasiga bo’lgan sadoqatini oshirish va birdamligini ta’minlash hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni ijrosini ta’minlashda sidqidildan yondashishlarini yanada oshirish maqsadida turli darajadagi tadbirlarni tashkil qilsinlar;

kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda arxiv sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarni jalb qilgan holda madaniy va ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilishga alohida e’tibor qaratsinlar.

1.2.O’zarxiv agentligining 2018 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan asosiy ish rejasi to’g’risida

(U.A’lamov, A.Mengliev, D.Kucharova, A.Turapov, A.Maxammatov, U.A’lamov)

 

16. “O’zarxiv” agentligi Bosh direktori U.A’lamovning “O’zarxiv” agentligining
2018 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan asosiy ish rejasini shakllantirishda, xususan:

O’zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to’g’risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi, “Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi, “Elektron hukumat to’g’risida”gi qonunlariga;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.10.1999 yildagi “Arxiv ishi bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 482-son, 03.02.2004 yildagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 49-son, 05.04.2012 yildagi “O’zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to’g’risida”gi 101-son, 22.04.2014 yildagi “Arxivlarning asosiy ish turlari bo’yicha vaqt va ishlab chiqarish namunaviy normalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 100-son, 31.12.2013 yildagi “O’zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 355-son, 27.10.2016 yildagi “Vazirlik va idoralar, xo’jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonun talablarini so’zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to’g’risida”gi 366-son qarorilariga;

“Davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida arxiv ishining ahvoli va uni takomillashtirish masalalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarning (9.12.2015 y 99-A-son, 30.12.2016 y. 118-son Bayoni)da, belgilangan vazifalar hamda ushbu yuzasidan “O’zarxiv” agentligining Nazorat Rejasida belgilangan topshiriqlarga;  

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2009 yil 30 oktyabrda tasdiqlangan “Vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, xo’jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo’linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibi” asosidagi 1- va 2-jadvallar bilan ishlashga;

“O’zarxiv” agentligi axborot tizimida ishlash va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tasdiqlangan Yo’riqnoma va Reglamentga asosan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv davlat xizmatlarini ko’rsatishni ta’minlash, arxivlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, jumladan arxivlarda infokiosklarni o’rnatish va samarali ishlashini ta’minlashga;

Agentlikka va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi boshqarmalari hamda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlariga fuqarolardan mehnat staji va oylik maoshni tasdiqlashga oid kelib tushayotgan so’rovlarning soni hamda O’zbekiston Respublikasidagi mavjud bino-inshootlar kadastrini yuritish, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli ko’chmas mulk ob’ektlarini yalpi yo’qlamadan o’tkazishda maxsus ishchi guruhlardan kelib tushayotgan murojaatlarning ortib borayotganligiga;

Respublikadagi tugatilgan tashkilotlar hujjatlarini tartibga keltirish va davlat saqloviga qabul qilishga;

O’zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi va hokimiyati organlarida (kelishuvga asosan) arxiv ishi va ish yuritish holatini o’rganishga;

Arxiv hujjatlari saqlovini ta’minlash bo’yicha aniq tadbirlarni amalga oshirish (yangi va qo’shimcha binolar, hujjatxonalar qurilishi, kapital va joriy ta’mirlash, jihozlash masalalari va boshqalar)ga;

Arxivlarda ishchi o’rinlarni avtomatlashtirish bo’yicha dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va joriy etishga;

Respublika davlat arxivlari o’quvxonalarida tadqiqotchilar buyurtmalari bo’yicha foydalaniladigan hujjatlarni elektron nusxalarini yaratish orqali (kompьyuterda elektron variantidan foydalanishni yo’lga qo’yish) asl hujjatdan foydalanishni kamaytirishga;

Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari har oyda tizimdagi arxiv idoralari hamda jamlash manbalari tashkilotlarida, O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari jamlash manbalari tashkilotlarning idoraviy arxivlarida arxiv ishi bo’yicha amaldagi qonun va qonunosti hujjatlari ijrosini o’rganishga;

Arxivlardagi shaxsiy tarkib hujjatlari ro’yxatlarini takomillashtirish va raqamlashtirishga;

arxivlarning byudjetdan tashqari topilgan mablag’lari evaziga autsorsing xizmatidan foydalangan holda alohida qimmatli arxiv hujjatlarni raqamlashtirish ishlarini yakunlashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi to’g’risida axboroti ma’lumot va ishda qo’llash uchun qabul qilinsin.

17. Agentlik bo’lim boshliqlari va bosh hisobchisi (A.Mengliev, A.Turapov, O.Xasanova, S.Yunusxodjaeva):

“O’zarxiv” agentligining 2018 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan asosiy ish rejasini shakllantirishda 2018 yilning 5 iyuliga qadar barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalari va markaziy davlat arxivlaridan 2018 yil uchun o’z faoliyatlarida mavjud imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilab olingan miqdoriy ko’rsatkichlarini va “O’zarxiv” agentligining 2018 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan asosiy ish rejasiga takliflarni olsinlar;

2018 yilning 6 iyuliga qadar barcha arxiv ishi hududiy boshqarmalari va markaziy davlat arxivlaridan olingan takliflar bo’yicha har bir masalaga alohida e’tibor berib, umumlashtirilgan holda Agentlikning 2018 yil II yarim yilligiga mo’ljallangan asosiy ish rejasining loyihasini Agentlik rahbariyatiga kiritsinlar;

 

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faol investitsiya siyosatini amalga oshrish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 478-son qarori ijrosi to’g’risida.

(U.A’lamov, B.Axmedov, A.Maxammatov, A.Maxkamov, A.Turapov, U.Akramova, U.A’lamov)

18. Agentlik bosh direktori U.A’lamovning O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faol investitsiya siyosatini amalga oshrish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 478-son qarori ijrosi to’g’risidagi axboroti ma’lumo uchun qabul qilinsin.

19. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari arxiv sohasida yangilanishlar sohani rivojlatirishga qaratilgan loyiha va takliflar ishlar chiqishda amalga oshirayotgan ishlari o’ta qoniqarsiz ekanligi;

Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan arxiv sohasida amal oshiralayotgan ishlar doirasida investitsiya jalb qilishga umuman e’tibor qaratilmaganligi;

sohani rivojlantirishga qaratilgan loyiha va takliflar kiritilmaganligi jiddiy kamchilik sifatida ko’rsatib o’tilsin.

20. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari hamda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari:

bir oylik muddatda arxiv sohasida investitsiya jalb qilinishi mumkin bo’lgan har bir yo’nalishni ko’rib chiqsinlar va taklif kiritsinlar;

ikki oylik muddatda arxivlar saqlovida bo’lgan hujjatlar asosida turli darajadagi halqaro grandlarga qatnashish bo’yicha sohadagi tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda loyihalar ishlab chiqsinlar va Agentlikka kiritsinlar;

21. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faol investitsiya siyosatini amalga oshrish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 478-son qarori ijrosi yuzasidan Agentlikda investitsiya jalb qilishga qaratilgan yo’l xaritasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

22. Agentlik bo’lim boshlig’i A.Turapov O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining faol investitsiya siyosatini amalga oshrish yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 478-son qarori ijrosi yuzasidan Agentlikda investitsiya jalb qilishga qaratilgan yo’l xaritasining ijrosini nazorat qilib borsin va amalga oshirilgan ishlar bo’yicha har oyni oxirida Agentlik rahbariyatiga ma’lumot kiritsin.

23. Agentlik bo’lim boshliqlari, Nazorat sektori, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmarmalari boshliqlari, O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlarini rag’batlantirilishida ijro intizomi holati alohida hisobga olinishini nazarda tutsinlar.

24. Ushbu Hay’at yig’ilishi qarorlari ijrosi yuzasidan umumiy nazoratni Hay’at kotibi A.Mengliev va Agentlik Nazorat sektori SH.Hojiboev zimmasiga yuklatilsin.

 

 

Hay’at kotibi                                                                         A.O’. Mengliev

 

 

 

Yuklab olish (*.pdf 280 kb)