O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


 

Joriy yilning 23 dekabrida “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondini o‘zida saqlash huquqi berilgan vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari va jamoatchilik yig‘ilishi a’zolari ishtirok etdilar.

Jamotachilik yig‘ilishida Agentlik bosh direktori A.Abdullayev 2016 yil 23 sentyabrda qabul qilingan  O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini o‘rganib chiqish va arxiv ishiga joriy etishdagi ba’zi masalalar to‘g‘risidagi ma’ruza qildi.

Shuningdek,  O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlash huquqi berilgan vazirliklar va idoralarda MAF hujjatlarining saqlovini ta’minlash, arxiv ishi va ish yuritish holatining davlat nazoratini olib borish tartibini belgilovchi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasihuzuridagi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi, “O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlarining faoliyatida tuziladigan ilmiy-texnik hujjatlarning saqlash muddatlari ko‘rsatilgan Namunaviy ro‘yxat” loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarida jamlash manbalari bilan ishlash bo‘yicha Uslubiy ko‘rsatmalar” loyihasi muhokama etildi.

 

Agentlik Axborot xizmati