“O‘zarxiv” agentligi xorijiy investorlar bilan muzokalar olib bordi.

Investitsiya – iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu bois bu masala davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 2019 yil mamlakatimizda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» deb e’lon qilindi.

–Investorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, mavjud infratuzilmani rivojlantirish zarur. Shu bois bu soha bo‘yicha hali yana ko‘p ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Tashqaridan investitsiya kirmasa, mamlakat rivojlanmaydi, – degan edilar muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

Investitsiyalarni arxiv sohasiga jalb etish maqsadida 2019 yil 1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori U.Yusupov xorijiy investorlar, jumladan “ENDEAVOR ADVISORY GROUP” vitse prezidenti Kasim Oksu hamda Mustafa Akin bilan uchrashdi. Uchrashuvda shuningdek Agentlik bo‘lim boshlig‘i A.Aliyev, O‘zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlari direktorlari D.Zakirova, B.Ahmedov, O.Suyunovlar ham ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda elektron arxiv va yagona elektron repozitoriyni tashkil etish masalasida halqaro hamkorlik, davlat-xususiy sherikchilik va buning yaratilgan shart-sharoitlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borildi. Muzokalar yakuniga kura, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.