“О‘zarxiv” agentligining О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yil I-yarim yilligiga mо‘ljallangan asosiy kо‘rsatkichlari hisoboti bо‘yicha MA’LUMOTI

I. О‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini rivojlantirishning 2023-yil I yarim yilligiga mо‘ljallangan rejasi 18 ta kо‘rsatkichlar bо‘yicha bajarilib, shundan 16 ta kо‘rsatkich bо‘yicha oshirib bajarildi.

Xususan, qog‘oz asosidagi hujjatlarni ta’mirlash 134 925 varaq (Reja bо‘yicha 110 622 varaq, bajarilishi 122%), muqovalash va tikish 51 080 s.b. (34 292 s.b., 149%)ni tashkil etdi.

О‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining (О‘zR MAF) alohida qimmatli hujjatlarni aniqlash bо‘yicha qog‘oz asosidagi 7 438 s.b., (Reja bо‘yicha 3 576 s.b., bajarilishi 208%), 30 338 hujjat (14 133 hujjat, 215%), 55 s.b. kino (50 s.b., 110%), 1 400 h.b. surat (1 200 h.b., 117%), 25 s.b. (25 s.b., 100%) ovozli hujjatlarni aniqlash ishlari amalga oshirildi.

О‘zR MAF elektron shaklini yaratish ishlari jadallashtirilishiga erishildi va MAFga kiritilgan alohida qimmatli hujjatlarni hisobot davrida davlat arxivlarida qog‘oz asosidagi 80 561 s.b., (Reja bо‘yicha 23 640 s.b., bajarilishi 341%), 8 576 218 kadr (6 683 855 kadr, 128%), kino 100 s.b. (100 s.b., 100%), surat 4 742 h.b. (4 728 h.b., 101%), ovozli 186 s.b. (170 s.b., 109%) hujjatlarning elektron nusxalari yaratildi.

Rо‘yxatlarning elektron nusxalarini yaratish bо‘yicha davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 7 535 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 6 204 rо‘yxat, bajarilishi 121%), shaxsiy tarkib 454 rо‘yxat (325 rо‘yxat, 140%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 15 rо‘yxat (36 rо‘yxat, 42%) hujjatlarining elektron nusxalari yaratildi.

MAF hujjatlarini Davlat hisobini yuritish bо‘yicha ilmiy ma’lumotlar apparatini tashkil etish hamda rivojlantirishda fondlar va hujjatlar hisobi yuzasidan davlat arxivlarida boshqaruv 519 fond (Reja bо‘yicha 478 fond, bajarilishi 109%), 102 329 s.b. (60 966 s.b., 168%), shaxsiy kelib chiqish 18 fond
(1 fond, 1800%), 600 s.b. (2 s.b., 30000%), shaxsiy tarkib 272 fond (231 fond, 118%), 12 173 s.b. (6 546 s.b., 186%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 43 588 s.b. (600 s.b., 7265%) hujjatlar, kino 20 s.b. (20 s.b., 100%), surat 2 186 s.b. (1 764 s.b., 124%), ovozli 250 s.b. (250 s.b., 100%) hujjatlarning hisobi yuritildi. 

Shuningdek, shaxsiy tarkib davlat arxivlarida boshqaruv 258 ta tashkilot (Reja bо‘yicha 114 ta tashkilot, bajarilishi 226%), 2 266 s.b. (480 s.b., 472%), shaxsiy tarkib 1 214 ta tashkilot (1 015 ta tashkilot, 120%), 34 122 s.b. (17 829 s.b., 191%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 322 ta tashkilot (318 ta tashkilot, 101%), 41 533 s.b. (3 085 s.b., 1 346%) hujjatlarning hisobi yuritildi. 

Davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 335 790 s.b. (Reja bо‘yicha 240 845 s.b., bajarilishi 139%), shaxsiy tarkib 6 724 s.b. (2 680 s.b., 251%), shaxsiy kelib chiqish 15 s.b. (12 s.b., 125%), ilmiy-texnik hujjatlar 2 575 s.b. (2 500 s.b., 103%), surat 845 s.b. (650 s.b., 130%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan boshqaruv 1 345 s.b., shaxsiy tarkib 168 120 s.b. (145 760 s.b., 115%) hujjatlarining mavjudligi va holati bо‘yicha tekshirish о‘tkazildi.

Hujjatlarni xatlovini takomillashtirish bо‘yicha boshqaruv 22 541 rо‘yxat (12 674 rо‘yxat, bajarilishi 178%), shaxsiy kelib chiqish 8 rо‘yxat (4 rо‘yxat, bajarilishi 200%), surat hujjatlari 263 rо‘yxat (430 rо‘yxat, bajarilishi 61%)ni tashkil etdi.

Tashkilot va korxonalarning hujjatlarini shartnoma asosida tartibga keltirishda davlat arxivlari tomonidan 115 756 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 58 016 s.b., bajarilishi 200%), 159 s.b. ilmiy-texnik (400 s.b., 40%), 30 153 s.b. shaxsiy tarkib (11 990 s.b., 251%), 44 995 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar (1 000 s.b., 4500%), shuningdek, shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlari tomonidan 3 187 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 485 s.b., bajarilishi 657%), 35 264 s.b. shaxsiy tarkib (16 278 s.b., 217%), 61 954 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlar tartibga keltirildi.

Davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasini о‘tkazish bо‘yicha 51 681 s.b. boshqaruv (Reja bо‘yicha 40 000 s.b., bajarilishi 129%), 100 s.b. shaxsiy kelib chiqish, 598 s.b. shaxsiy tarkib (125 s.b., 478%), 1 617 s.b. saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan hujjatlarning ekspertizasi о‘tkazildi.

Davlat arxivlari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam kо‘rsatish (о‘rganish о‘tkazish) bо‘yicha 2023-yil I yarim yillik davomida tashkilot va korxonalarda 555 ta yalpi о‘rganish (Reja bо‘yicha 442, bajarilishi 126%), 285 ta mavzuli о‘rganish (248 ta, 115%) ishlari olib borildi.

Davlat arxiv о‘quvxonalarida tadqiqotchilar ishini tashkil etish bо‘yicha 2 364 nafar О‘zbekiston fuqarolari (Reja bо‘yicha 363 nafar, bajarilishi 651%),
25 nafar Chet el fuqarolari tadqiqotchilik ishlarini olib bordilar, shuningdek 22 128 s.b. (160 s.b., 13830%) hujjatlar tadqiqotchilarga foydalanish uchun taqdim etildi.

Arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalar uchun sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ishlab chiqish bо‘yicha jami 470 ta (Reja bо‘yicha 208 ta, bajarilishi 226%) idoraviy hujjatlar, ya’ni shundan 235 ta (67 ta, 351%) yig‘majildlar nomenklaturasi, 70 ta (35 ta, 200%) ish yuritish yо‘riqnomasi, 83 ta (35 ta, 237%) MEK va EK nizomlari, 82 ta (71 ta, 115%) idoraviy arxiv nizomlari ishlab chiqildi.

Agentlik tomonidan kо‘rsatilgan xizmatlarning umumiy hajmi 21 707 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 10 037 mln. sо‘m, bajarilishi 216%)ni, ya’ni shundan respublika davlat arxivlarida 14 134 mln. sо‘m (Reja bо‘yicha 5 845 mln. sо‘m, bajarilishi 242%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 4 950 mln. sо‘m (2 032 mln. sо‘m, 244%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 6 888 mln. sо‘m (2 880 mln. sо‘m, 239%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 433 mln. sо‘m (62 mln. sо‘m, 696%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 1 105 mln. sо‘m (573 mln. sо‘m, 193%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 81 mln. sо‘m (5 mln. sо‘m, 1613%), boshqa pullik xizmatlardan 678 mln. sо‘m (294 mln. sо‘m, 230%), shuningdek shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlarida esa 7 573 mln. sо‘mni (Reja bо‘yicha 4 192 mln. sо‘m, bajarilishi 181%), jumladan: mavzuli sо‘rovlardan 440 mln. sо‘m (137 mln. sо‘m, 322%), hujjatlarni tartibga keltirishdan 1 909 mln. sо‘m (2 085 mln. sо‘m, 92%), arxiv sohasiga oid ichki normativ hujjatlarni tayyorlashdan 25 mln. sо‘m (20 mln. sо‘m, 124%), hujjatlarni depozitar saqlashdan 2 564 mln. sо‘m (1 676 mln. sо‘m, 153%), yaroqsiz holatga kelgan yoki yо‘qotilgan mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tasdiqlashdan 1 721 mln. sо‘m (51 mln. sо‘m, 3354%), boshqa pullik xizmatlardan 915 mln. sо‘m (223 mln. sо‘m, 410%) tashkil etdi.

“О‘zarxiv” agentligi, Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan tashkilotlar hamda korxonalarda arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish bо‘yicha 2023-yil I yarim yillik davomida 158 ta (Reja bо‘yicha 162 ta, bajarilishi 98%) nazorat tekshiruvlari о‘tkazilib, arxivlar tomonidan tashkilot va korxonalarga qо‘llanilgan chora sifatida 126 ta taqdimnomalar kiritilgan, 25 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

“О‘zarxiv” agentligida (METK), Arxiv ishi hududiy boshqarmalarida (ETK), О‘zbekiston Milliy arxivlarida (ETUK) tashkilotlar hujjatlari rо‘yxatlarini tasdiqlash (kelishish) bо‘yicha jami 2 167 rо‘yxat (Reja bо‘yicha 1 650 rо‘yxat, bajarilishi 131%) bо‘lib, shundan 1 027 rо‘yxat boshqaruv (698 rо‘yxat, 147%), 8 rо‘yxat shaxsiy kelib chiqish (20 rо‘yxat, 40%), 846 rо‘yxat shaxsiy tarkib (656 rо‘yxat, 129%), 5 rо‘yxat ilmiy-texnik (4 rо‘yxat, 125%), alohida qimmatli va noyob hujjatlar yig‘majildlarining arxiv rо‘yxati 12 ta (45 ta, 27%), saqlash muddati vaqtincha bо‘lgan 107 rо‘yxat (108 rо‘yxat, 99%), hujjatlarni yо‘q qilishga ajratish tо‘g‘risidagi dalolatnoma 155 ta (82 ta, 189%), 7 rо‘yxat surat (37 rо‘yxat, 19%) hujjatlar tasdiqlandi (kelishildi).

Shuningdek, sohaga oid ichki normativ hujjatlarni ETKda kelishish bо‘yicha jami 1 178 hujjat (Reja bо‘yicha 913 hujjat, bajarilishi 129%) bо‘lib, shundan 616 hujjat yig‘majildlar nomenklaturasi (375 hujjat, 164%), 136 hujjat ish yuritish yо‘riqnomasi (136 hujjat, 100%), 220 hujjat MEK va EK nizomlari
(203 hujjat, 108%), 206 hujjat idoraviy arxiv nizomlari (199 hujjat, 104%) kelishildi.

2023-yil I yarim yilligida Agentlik huzuridagi Arxiv ishi va ish yuritish bо‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazida jami 226 nafar (Reja bо‘yicha 300 nafar, bajarilishi 75%) tinglovchi malaka oshirib, undan 17 nafar tinglovchi Agentlik tizimidagi xodimlar, 209 nafar tinglovchi respublika idora
va tashkilotlardagi mas’ul xodimlar
о‘qitildi.

Markazning pullik xizmatdan tushgan daromadi 324,490 mln. sо‘mni tashkil etdi.

Malaka oshirgan rahbar va xodimlar bо‘yicha jami 226 nafar, shundan rahbar xodimlar 17 nafar, xodimlar 209 nafar;

О‘quv kursi shakli bо‘yicha jami 226 nafar, shundan Markazda (oflayn)
112 nafar, masofaviy (onlayn) 114 nafar;

О‘quv kursi mavzusi bо‘yicha jami 226 nafar, shundan Arxiv ishi bо‘yicha 143 nafar, Ish yuritish va ijro nazorati bо‘yicha 66 nafar, Boshqa kurslar bо‘yicha 17 nafar tinglovchilar о‘z malakalarini oshirdilar.

 

II. “О‘zarxiv” agentligi rahbariyati tomonidan 2023-yil I yarim yillik davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardagi shahar hamda tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslarni sayyor qabuli jadvaliga asosan 8 ta sayyor va shaxsiy qabullar о‘tkazilib, ularda 77 nafar fuqarolar murojaatlari kо‘rib chiqildi.

Agentlikka 2023-yil I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 490 ta (2022-yil I yarim yillikda 490 ta, kо‘rsatkichi 100%), jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali 355 ta (287 ta, kо‘rsatkichi 124%), Adliya vazirligi orqali 26 ta, Sayyor va shaxsiy qabullardan 77 ta (81 ta, kо‘rsatkichi 95%), Agentlikka tо‘g‘ridan tо‘g‘ri yozma 18 ta (107 ta, kо‘rsatkichi 17%), idoraviy aloqa markazidan (ishonch telefoni) 12 ta (4 ta, kо‘rsatkichi 300%), О‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining “Xotin-qizlar muammolari bо‘yicha 1211 ishonch telefoni” (Call-center)dan 2 ta murojaatlar kelib tushdi.

Respublika davlat arxivlariga jami jismoniy va yuridik shaxslardan 572 ta (2022-yil I yarim yillikda 1 694 ta, kо‘rsatkichi 34%) murojaatlar kelib tushdi hamda о‘rnatilgan tartibda kо‘rib chiqildi, shundan 264 ta murojaat qanoatlantirildi, 209 tasiga tushuntirish berildi, 59 tasi tegishliligi bо‘yicha boshqa tashkilotga yuborildi, 44 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan va hozirda 16 ta murojaat ijrosi bajarilish jarayonida.

2023-yil I yarim yillikda Respublika arxivlariga mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar jami 323 700 ta (2022-yil I yarim yillikda 259 418 ta, kо‘rsatkichi 125%) kelib tushgan.

Jumladan, ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar 265 903 ta (2022-yil
I yarim yillikda 219 554 ta, kо‘rsatkichi 121%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 132 044 ta (105 616 ta, kо‘rsatkichi 125%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 133 859 ta (113 938 ta, kо‘rsatkichi 117%) kelib tushgan.

Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 229 627 ta (140 422 ta, kо‘rsatkichi 164%), pochta
va elektron pochta orqali 15 653 ta (30 618 ta, kо‘rsatkichi 51%) ijtimoiy-huquqiy mazmundagi sо‘rovlar kelib tushgan bо‘lsa, 20 623 nafar (48 514 ta, kо‘rsatkichi 43%) fuqaro bevosita arxivga murojaat etgan.

Arxiv hujjatlari asosida 180 128 ta (168 234 ta, kо‘rsatkichi 107%) sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 164 668 tasi (156 959 ta, kо‘rsatkichi 105%) ijobiy, 15 460 tasi (11 275 ta, kо‘rsatkichi 137%) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taaluqligi bо‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan sо‘rovlar soni 75 002 tani (40 231 ta, kо‘rsatkichi 186%) tashkil etdi.

Shuningdek, mavzuli sо‘rovlar 57 797 ta (2022-yil I yarim yillikda 39 864 ta, kо‘rsatkichi 145%) tashkil etib, shundan davlat arxivlariga 54 886 ta (38 242 ta, kо‘rsatkichi 144%), shaxsiy tarkib hujjatlari davlat arxivlariga 2 911 ta (1 622 ta, kо‘rsatkichi 179%) kelib tushgan.

Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali 48 856 ta (140 422 ta, kо‘rsatkichi 164%), bevosita arxivga (pochta va elektron pochta orqali) 8 941 nafar fuqaro murojaat etgan.

Arxiv hujjatlari asosida 57 797 ta sо‘rovlar ijrosi bajarilib, ulardan 33 231 tasi ijobiy, 24 566 tasi (тashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan) bо‘yicha esa tegishli kо‘rsatma va tushuntirishlar berilgan.

Agentlik tizimidagi arxiv muassasalarida 2023-yilning I yarim yilligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda kamchilik hamda huquqbuzarlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun 12 nafar rahbar (7 nafari) va masʼul xodimlar (5 nafari) intizomiy javobgarlikka tortilgan.

 

III. О‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 1-iyul holatiga) jami 957,2 ming saqlov birligidagi 61,0 mln. kadr raqamlashtirildi. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2023-yil boshidan 73,5 ming saqlov birligidagi qariyb 7,4 mln. kadr raqamlashtirildi va reja 107 foizga bajarildi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ–357-son qaroriga 2-ilovaning
55-bandiga muvofiq, Elektron hujjatlarni saqlash uchun topshirishga mо‘ljallangan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish va 2023-yil dekabr oyiga qadar amaliyotga joriy etish kо‘zda tutilgan.

Mazkur masala yuzasidan “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimini ishlab chiqish bо‘yicha bugungi kunda texnik topshiriq loyihasiga О‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (2023-yil 27-martdagi Yex-22-81199b-son) va “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (2023-yil 28-martdagi 01-18-02/737-son) tomonidan ekspert xulosalari olindi.

Hozirda “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimining dastlabki talqini ishlab chiqilib, “О‘zarxiv” agentligida test-sinovdan о‘tkazilmoqda.

Shuningdek, “Idoraviy elektron arxiv” axborot tizimi (arxiv.gov.uz)ni “Ijro.gov.uz” ijro intizomi yagona elektron tizimi bilan integratsiya qilish uchun “Unicon.uz” DUK bilan oʻrnatilgan tartibda oʻzaro ishlar boshlandi.

“О‘zarxiv” agentligi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK bilan hamkorlikda “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini ta’minlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimi ishlab chiqilib, davlat arxivlarida joriy qilindi.

Mazkur tizimda О‘zbekiston milliy arxivlari va davlat arxivlari tomonidan (2023-yil 1-iyul holatiga) jami 48 425 ta fond, 45 960 ta rо‘yxat, 513 575 saqlov birligi va 190 263 ta hujjat yaratildi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 405-son qaroriga asosan, Davlat arxivlari binolari tо‘g‘risidagi ma’lumotlarni О‘zbekiston Respublikasining seysmik faol hududlarida joylashgan bino
va inshootlarining elektron texnik pasportlari tizimi pasportbino.uz platformasiga joylashtirish bо‘yicha tegishli ishlar muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, О‘zbekiston milliy arxivlari hamda Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tarkibidagi davlat arxivlari uchun UNICON-SOFT tomonidan 104 ta login va parol ajratilib, arxivlarning tegishlicha binolari elektron texnik pasporti ma’lumotlari pasportbino.uz platformasiga kiritildi.

Bugungi kunda Arxiv ishini rivojlantirishning asosiy kо‘rsatkichlari rejasi hamda hisobotlari shakllarini elektron va onlayn shakllantirish bо‘yicha loyiha ishlab chiqilib, “Arxiv ishi” yagona axborot tizimiga ushbu modulni integratsiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu modulda har bir hududning о‘ziga biriktirilgan davlat arxivlarining oylik, choraklik va yillik hisobotlarini kо‘rish imkoniyatlari yaratiladi, shuningdek har bir hudud kesimida elektron hisobot olish imkoniyati yaratiladi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
25-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan Arxiv ishi bo‘yicha davlat nazoratini onlayn ro‘yxatga olishni tashkil etish maqsadida “Davlat nazorati” axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha “Texnik topshiriq” ishlab chiqildi.

IV. “О‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati zarur texnika va vositalar bilan tо‘liq ta’minlangan. Agentlik tomonidan arxiv faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari yuzasidan 2023-yil I yarim yillik davomida 6 ta matbuot anjumani,
18 ta brifing о‘tkazilib onlayn efirga uzatildi. О‘tkazilgan tadbirlar yakunidan sо‘ng bir soat ichida “О‘zarxiv” agentligining “Facebook”, “Telegram”, “Instagram” ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida ma’lumotlar joylashtirib borildi.

Axborot xizmati tomonidan joriy yil I yarim yillik davomida ijtimoiy tarmoqlarda 32 ta onlayn efirlar tashkil etildi, shuningdek, 25 ta infografika
va 365 ta foto, 33 ta audio hamda 126 ta video, 58 ta matn shaklida materiallar namoyish etildi.

“О‘zarxiv” agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida obunachilar soni 18 450 nafar (2022-yilda 13 752)ga yetgani holda, materiallarni kо‘rish о‘rtacha 83 760 ta (2022-yilda 39 000) ijtimoiy tarmoq a’zosini tashkil qilmoqda.

V. “О‘zarxiv” agentligining 2023-yil I yarim yilligiga mо‘ljallangan Asosiy ish rejasida belgilangan Agentlik tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tili qonunchiligi ijrosini ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan 5 ta tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda 33 ta banddan iborat “Yо‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

2023-yil yanvar oyida “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan “Inson qadri oliy ne’mat” mavzusida turkum davra suhbatlari tashkil etildi.

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan О‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Askar maktublari” kitob-albomi taqdimoti tashkil etildi, shuningdek ushbu mavzu doirasida Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, unda arxiv hujjatlaridan namunalar asosida kо‘rgazmalar tashkil etildi.

Fevral oyida buyuk mutafakkir, shoir Alisher Navoiy hamda davlat arbobi, shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan 3 ta Milliy arxivlarda hamda 14 ta Viloyat davlat arxivlarida ma’naviyat soatlari tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda 470 nafar arxivchi xodimlar ishtirok etib, ilmiy yangiliklarni olish bilan birga, о‘z iste’dodlarini ham namoyon etdilar.

О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Gender va xotin-qizlar masalalari qо‘mitasi hamkorligida О‘zbekiston milliy arxivida “Gender tenglikni ta’minlashda arxivchilarning о‘rni”, shuningdek “Arxiv ishi sohasida xotin-qizlar huquqlari hamda gender tenglik masalalari doimiy e’tiborda” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. Ushbu tadbirlar Аgentlikning Gender tenglik maslahat-kengishi tomonidan tashkil etilib, hududlarda xotin-qizlar va erkaklar huquqlarining tengligi hususidagi qonunchilik keng tushuntirib borildi.

Mart oyida “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” shiori ostida “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusida arxiv hujjatlari fotokо‘rgazmasi bо‘lib о‘tdi. Mazkur kо‘rgazma 6-11-mart kunlari Toshkent Fotokо‘rgazmalar uyida tashkil etildi.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni munosabati bilan 14 ta viloyat davlat arxivlarida bayram tantanalari tashkil etilib, xotin-qizlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan qator tadbirlar о‘tkazildi. Jumladan, ushbu kun munosabati bilan “Nafosat va vafo ramzisan, ayol!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Arxivlarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy qо‘llab-quvvatlash maqsadida 10-12-mart kunlari “Arxiv malikalari” tanlovi о‘tkazilib, unda 100 dan ortiq soha xodimlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga 8 ta yо‘nalishda treninglar
va davra suhbatlari tashkil etildi.

Mart oyidagi ma’naviyat tadbirlari doirasida 3 nafar xodim Agentlikning “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, hududlarda “Navroʻz – milliy qadriyatlarimiz beshigi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda 350 nafar ayollar, xotin-qizlar, 170 nafar keksa avlod vakillari, faxriylar, 450 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Mart oyida 29 nafar kam taʼminlangan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan habar olindi hamda maʼnaviy va moddiy qoʼllab-quvvatlandi.

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlangan Har kuning Navrо‘z bо‘lsin, jonajon О‘zbekistonim! nomli bosh g‘oya asosida Agentlik tizimida Navrо‘z ayyomlari keng nishonlandi. Hududiy va Milliy arxivlarda “Hur kuning bо‘lsin Navrо‘z!”, “Navrо‘z bayrami arxiv hujjatlarida” nomli tadbirlar tashkil etildi.

Аprel oyida qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining tizimga ijobiy taʼsirini keng targʻib qilib borish yoʻnalishida qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning soha xodimlariga yetkazib borish maqsadida markaziy va tizim tashkilotlarida seminarlar tashkil etildi. Unda davlat arxivlari rahbarlari va xodimlari ishtirok etib, 2023-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish kurslarida arxivchilarning o‘qishi tahlil qilindi, unga ko‘ra 4 oy davomida 34 nafar arxivchilar malaka oshirgan.

Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qarori ijrosini taʼminlash borasida davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish boʻyicha 4 ta hududda hamda 3 ta milliy arxivlarda seminarlar tashkil etildi. Seminarlarda Аdliya vazirligi masʼullari ishtirok etib, natijalari boʻyicha barcha huudlarda tashqi va ichki yozuvlar, eʼlon va reklamalarni adliya vazirligi namunalari asosida tashkil etish belgilandi.

“Oʻzarxiv” agentligining 2022-yil 23-fevraldagi 44-son buyrugʻiga muvofiq, mart-iyun oylarida “Аgentlik direktori kubogi” futbol chempionati oʻtkazildi. Chempionatning saralash va chorak final oʻyinlari hududlarda, yarimfinal va final oʻyinlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Olmos” dam olish maskanining sport majmuasida oʻtkazildi. Tadbirda 140 nafar arxiv xodimlari ishtirok etdi. Futbol chempionatida 1-oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi, 2-oʻrinni Jizzax viloyati, 3-oʻrinni Fargʻona viloyati egalladi. Chempionat sovrindorlariga Аgentlikning idoraviy mukofotlari hamda qimmatbaho sovgʻalari taqdim etildi.

May oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “9-may – Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 2-maydagi PQ-143-son qarori ijrosi yuzasidan, Аgentlikning tegishli buyrugʻi va nazorat rejasi ishlab chiqilib, unga koʻra “Gʻalaba bogʼi” majmuasida “Oʻchmas u kunlar shuhrati” mavzusida fotolavhalar koʻrgazmasi, Oʼzbekiston tarixi davlat muzeyida “Oʻzbekiston xalqining ikkinchi jahon urushi gʻalabasiga qoʻshgan hissasi” mavzusida “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” shiori ostida arxiv hujjatlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Fotokoʼrgazmada Oʻzbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan mavzuga oid 250 dan ortiq fotohujjatlar namoyish etildi. Mavzuga oid 2 ta konferensiya o‘tkazildi.

Hududlarda mazkur sanaga bagʻishlangan “Uch avlod uchrashuvlari”, “Faxriylar faxrimiz” mavzularida 14 ta hududda hamda 3 ta milliy arxivlarda 47 ta maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, sport tadbirlari tashkil etildi. Shuningdek, 22 nafar kam taʼminlangan, yolgʻiz keksalar hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi.

Iyun oyida “9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan 14 ta hududda arxiv sohasi xodimlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Аyniqsa yosh arxivchilarning malakasini oshirishga qaratilgan “Ustoz-shogird” anʼanalarini mustahkamlashga oid mavzularda seminar-treninglar olib borildi.

15-18-iyun kunlari Toshkent viloyatida “Yosh arxivchilar forumi-2023” tadbirlari tashkil etildi. Forumda 150 nafar arxiv xodimlari 8 ta sport turi boʻyicha bellashuvlarda, 1 ta intellektual oʻyinlarda, 4 ta mahorat darslarida ishtirok etishdi. “Аgentlik direktori kubogi” futbol chempionati, “Rahbar mahorati” rahbarlar oʻrtasidagi shaxmat turniri hamda 8 ta sport turi boʻyicha spartakiadalar tashkil etildi. Forum doirasida 5 ta arxiv hodimi “Soha iftixori” koʼkrak nishoni bilan,
78 nafar arxiv hodimlari “Oʼzarxiv” agentligining idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandi hamda moddiy ragʻbatlantirildi.

Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan Konstitutsiyasini targʻiboti boʻyicha Аgentlik tomonidan 2023-yil 6 oyligi davomida 4 marotaba seminarlar tashkil etildi. Hududlarda 9 ta davra suhbatlari oʻtkazildi.

Аgentlikning Jamoatchilik kengashi faoliyati boʻyicha 2 marotaba, Faxriylar kengashining 4 ta, Gender tenglik maslahat-kengashining 3 ta tadbirlari, Xotin-qizlar boshlangʻich tashkilotining 2 ta tadbirlari tashkil etildi.

“O‘zarxiv” agentligi “Gender tenglik faoli” milliy tanlovida ishtirok etib, davlat organlari oʻrtasida gender tenglik va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish nominatsiyasi gʻolibi deb topildi hamda 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish hamda maʼnaviy ragʻbatlantirib borish maqsadida 6 oyda Xorazm, Samarqand va Buxoro shaharlariga turistik safarlar uyushtirildi. Sayohatlarda jami 75 nafar markaziy muassasalar xodimlari, hududlardan 55 nafar xodimlar ishtirok etishdi.

Iyun oyida xodimlarning davlat tilida ish yuritish hamda malakasini oshirish yoʻnalishida 45 nafar arxivchi oʻz malakasini oshirdi.

Agentlik tizimida Davlat tili siyosati Konsepsiyasida belgilanganidek “Tilga e’tibor”, “Ona tilida sо‘zlashamiz”, “Notiqlik mahorati”, “Til – millat kо‘zgusi”, “Kitob bilim manbai”, “Bilimli yoshlar – kelajak bunyodkori” kabi turkum yо‘nalishlarda davri suhbati va tadbirlar tashkil etilmoqda.

VI. Arxiv ishi sohasida xalqaro hamkorligi yuzasidan “О‘zbekiston Respublikasi “О‘zarxiv” agentligi va Amerika Qо‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik muzeyi о‘rtasidagi hamkorlik tо‘g‘risidagi Shartnoma” asosida AQSH Xolokost muzeyi bilan hamkorlik ishlari, jumladan, 2021-yil 14-yanvarda ikki tomonlama imzolangan Texnik bitim doirasida va Agentlikning 2021-yil
9-fevraldagi 39-son buyrug‘iga asosan
belgilangan ishlar amalga oshirilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 706-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan Davlat arxivlari о‘quv zallaridan foydalanish faoliyati bо‘yicha 2023-yil I yarim yillik mobaynida Rossiya Federatsiyasi, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalari, Chexiya, Polsha, Shvetsiya, AQSH, Germaniya kabi xorijiy mamlakatlar fuqarolaridan (foydalanuvchilar) 25 ta murojaat kelib tushgan bо‘lib, shulardan 23 ta xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivlari о‘quv zallariga tashrif buyurib, u yerdagi arxiv materiallaridan о‘rnatilgan tartibda foydalanishga ruxsat berildi.

2023-yil 17-yanvarda Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”da “Xalq xotirasi muqaddas” nomli kо‘rgazma ochildi. Mazkur kо‘rgazma Agentlik, Belarus Respublikasi “Ulug‘ Vatan urushi tarixi Muzeyi”, О‘zbekiston Respublikasining Belarusdagi Elchixonasi, SHHT О‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida о‘tkazilmoqda. Agentlik tomonidan taqdim etilgan fotohujjatlar о‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan umumiy G‘alabaga qо‘shgan xissasini aks ettiradi. Kо‘rgazma о‘z ishini 2023-yil 5-martga qadar davom ettirishi belgilangan.

2023-yil 26-yanvarda “О‘zbekiston-Isroil” dо‘stlik jamiyati tomonidan “Xolokost xotirasi kuni” munosabati bilan Isroil Davlati va О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda Agentlik tizimidagi milliy arxivlar vakillari ishtirokida tashkillashtirilgan onlayn tadbirda ishtirok etildi.

2023-yil 8-fevralda “О‘zarxiv” agentligiga Polsha Respublikasi Gdansk shahridagi Ikkinchi jahon urushi Muzeyi direktori Gjegoj Berendt va Sibir Xotira muzeyi direktori Voytsex Sleshinskiy tashrif buyurdilar. Uchrashuv chog‘ida “О‘zarxiv” agentligi va Polsha muzeylari hamda arxivlari о‘rtasida о‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. “О‘zarxiv” agentligiga Gjegoj Berendt tomonidan Ikkinchi jahon urushi davrida Polshaning “Pomor voyevodligi” hududida dafn etilgan о‘zbekistonlik askarlar rо‘yxati taqdim etildi.

Birlashgan Arab Amirliklari tashabbusiga kо‘ra, “О‘zbekiston Milliy arxivining yangi binosini qurish” grant loyihasi yuzasidan 2023-yil 22-fevralda BAA Milliy kutubxonasi va arxivi departament direktori Hamad Abdulla
Al Mutairi
bilan videokonferens-aloqa shaklida navbatdagi ishchi muzokara о‘tkazildi. Mazkur onlayn muzokarada “О‘zarxiv” agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari hamda BAA loyiha muhandislari ishtirok etdilar.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “О‘zbekiston xotin-qizlari ta’lim sohasida” mavzusidagi “О‘zbek ayoli – о‘tmish, nafosat, kelajak ramzi” an’anaviy II Respublika fotokо‘rgazmasi Toshkent Fotosuratlar uyida
2023-yil 6-11-mart kunlari “О‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilib, unga xorijoy diplomatik vakolatxonalar va hamkor tashkilotlar rahbar-ayollari taklif etildi.

2023-yil 16-martda Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi Xaynrix Xayne nomidagi universitetining Sharqiy Yevropa mamlakatlari kafedrasi о‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiya О‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga tashrif buyurdi. Mazkur arxiv faoliyati bilan talaba yoshlarni yaqindan tanishtirish, hujjatlardan foydalanish spektrini kengaytirish maqsadida О‘zbekiston-Germaniya Respublikalari о‘zaro madaniy aloqalari tarixi haqida kinoxronikalar namoyishi va “Nemis shoiri Xaynrix Xayne ijodi haqida” mavzusida bosma adabiyotlar va fotokо‘rgazmasi о‘tkazildi.

2023-yil 29-martda AQSH Xolokost yodgorlik muzeyining Xalqaro arxivlar dasturi katta direktori Vadim Alskan Agentlikka tashrif buyurdi. Agentlik direktori U.Yusupov boshchiligida О‘zbekiston Milliy arxivi direktori D.Zakirova (loyiha koordinatori) va V.Alskan о‘rtasida uch tomonlama uchrashuv о‘tkazildi. Shu bilan birga, 29-31-mart kunlari О‘zbekiston milliy arxivlari faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida saqlovxona, restavratsiya, raqamlashtirish xonasi, xodimlar faoliyati, о‘quv zali va muzey bо‘ylab ekskursiya tashkil etildi, shuningdek arxiv saqlovxonalarida mikroiqlimni boshqarish va nazorat qilish integrallashgan tizimi haqida ma’lumotlar berildi.

Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga koʻra 2023-yil 14-aprel kuni oʻtkazilgan “Xalq diplomatiyasi Markaziy Osiyo hududida tinchlik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning muhim omili” mavzusidagi mintaqaviy konferensiyada ishtirok etildi.

Rossiya davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivi tomonidan 2023-yilning
13-14-aprel
kunlari oʻtkazilgan Yosh olimlar va mutaxassislar XIII Xalqaro konferensiyasi “CLIO-2023”da onlayn formatda ishtirok etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 196-son “Fransiya va Italiya davlatlari bilan Madaniy meros sohasida hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida” bayoni 1-ilovasining 8-bandi ijrosini ta’minlash “Fransiya Madaniyat vazirligi va Davlat arxivi bilan hamkorlikda Fransiyadagi Oʻzbekistonga oid madaniy boyliklarini oʻrganish boʻyicha ilmiy onlayn-seminarini tashkil etish” maqsadida Madaniy meros agentligi tashabbusiga koʻra, 2023-yilning 20-aprel kuni tashkillashtirilgan onlayn-seminarda ishtirok etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Manbashunoslik va arxivshunoslik” kafedrasi tomonidan 2023-yil 27-aprel kuni o‘tkazilgan “O‘zbekistonda raqamli arxivlar: yutuqlar va muammolari” mavzusidagi Xalqaro konferensiyada ishtirok etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Oʻzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, “Oʻzarxiv” agentligi va “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hamkorligida 2023-yil 27-aprelda “Shon-sharaf” davlat muzeyida o‘tkazilgan Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan “Koʻp millatli O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushi yillarida front va front ortida koʻrsatgan beqiyos jasorati: tarix, talqin, texnologiya” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etildi.

“9-may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaga qoʻshgan hissasini namoyish etuvchi “Xotira – abadiy, inson qadri – muqaddas” mavzusida arxiv hujjatlari fotokoʻrgazmasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida 2023-yilning 5-15-may kunlari oʻtkazildi hamda unda xorij Elchixonalari vakillari, jumladan, Isroil Davlati va Belarus Respublikasi Elchilari kirish nutqlari bilan ishtirok etdilar.

2023-yilning 19-may kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida Toshkentdagi “Свитанак” belorus milliy madaniyat markazi va Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlikda “Xalqaro muzeylar kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi mavzusiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy kechada ishtirok etildi.

Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining Arxiv ishi va hujjatlarni boshqarish Qo‘mitasi huzuridagi “Kino-foto va ovozli hujjatlar Markaziy davlat arxivi” respublika davlat muassasasining 80-yillik yubileyi doirasida 2023-yilning 18-19-may kunlari Olma-Ota shahrida “Qozog‘iston Respublikasi Milliy arxiv fondining audiovizual hujjatlarini saqlash va ulardan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi.

2023-yilning 18-20-may kunlari Tatariston Respublikasi Qozon shahrida boʻlib oʻtgan “Rossiya-Islom olami: KazanForum 2023” XIV Xalqaro iqtisodiy sammitda hamda mazkur sammit doirasida oʻtkazilgan “Shejere-iman nigeze” nomli forumda ishtirok etildi.

2023-yilning 24-26-may kunlari Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Central Asia-2023: Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda Internet va axborot-kutubxona resurslari” XVI Xalqaro konferensiyasida ishtirok etildi.

Oʻzbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining taklifiga binoan 2023-yilning 30-may kuni Toshkent fotosuratlar uyida oʻtkazilgan “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan ShHT davlatlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Tabiatni birgalikda asraylik” mavzusida navbatdagi bolalar rasmlari koʻrgazmasida ishtirok etildi.

Xalqaro arxivlar kengashi (ICA)ning 2023-yil 25-maydagi axborot xatiga muvofiq, 2023-yil 5-9-iyun kunlari onlayn formatda vebinarlar seriyasidan iborat #IAW2023 – beshinchi xalqaro arxivlar haftaligida ishtirok etildi.

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Arxivining taklifiga muvofiq,
2023-yilning 7-9-iyun kunlari Olma-Ota shahrida “Arxivlarning ochiqligi va foydalanish imkoniyati: rivojlanishning yangi tendensiyalari” mavzusida oʻtkazilgan MDH davlatlari “Yosh arxivchilar yozgi maktabi” VI malaka oshirish dasturida ishtirok etildi.

“9-iyun – Xalqaro arxivlar kuni” munosabati bilan oʻzbek tomoni tashabbusiga koʻra ilk marotaba 2023-yil 8-iyun kuni Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi hamkorligida ShHTga a’zo davlatlar arxiv idoralari rahbarlari ishtirokida “Arxivlar – ShHTga a’zo davlatlar oʻrtasidagi doʻstlik koʻprigi” mavzusida davra-suhbati onlayn vidoekonferens-aloqa shaklida oʻtkazildi. Mazkur davra-suhbatida “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekistondagi Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi rahbarlari, ShHTga a’zo davlatlar Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston hamda “kuzatuvchi” davlat boʻlmish Belarus Resublikasi arxiv idoralari rahbarlari (Xitoy Xalq Respublikasidan vakil ishtirok etmadi), shuningdek, Oʻzbekiston va Belarus respublikalari adliya vazirlari hamda Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari oʻz nutqlari bilan faol ishtirok etdilar.

Rossiya Federatsiyasi Perm davlat ijtimoiy-siyosiy tarix arxivida
2023-yilning 12-15-iyun kunlari Perm shahrida o‘tkazilgan “V-Пермские научно-образовательные чтения “История Императорского Дома Романовых. К 410-летию Дома Романовых и 300-летию города Перми” ilmiy Forumida ishtirok etildi.

VII. 2023-yil I yarim yillik davomida Agentlikka kelib tushgan hujjatlar 2 960 tani, yuborilgan hujjatlar soni 785 tani tashkil etdi. Shuningdek, 43 ta asosiy faoliyatga oid, 89 ta shaxsiy tarkibga oid buyruqlar va 11 ta farmoyishlar ishlab chiqildi. Hisobot davrida Agentlik tomonidan 18 ta, ya’ni shundan, О‘zbekiston Respublikasi Qonunlari (1 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari (3 ta), О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari (14 ta), О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari (4 ta) ijrosi yuzasidan tegishli hujjatlar qabul qilindi.

 

Axborot-tahlil va murojaatlar bilan

ishlash bо‘limi bosh mutaxassisi                                                                                      A.Fayzullayev