"O‘ZBEKISTON-ISROIL" DO‘STLIK JAMIYaTI VAKILLARI "O‘ZARXIV" AGENTLIGIGA TAShRIF BUYuRDILAR

 

 

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O‘zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Bugungi kunda respublikamizda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni va madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda.

 

 

2020 yil 9 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy arxivi binosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Millatlararo munosabatlar va Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Qo‘mitasi, “O‘zbekiston-Isroil” do‘stlik jamiyati vakillari va O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi hamda O‘zbekiston Milliy arxivi rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda “O‘zbekiston-Isroil” do‘stlik jamiyati tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari Xolokost yodgorlik majmuida O‘zbekistonga bag‘ishlangan bo‘lim ochilishi munosabati bilan va O‘zbekiston Milliy arxivi bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish borasida masalalar ko‘rib chiqildi.

 

 

 

Uchrashuv davomida “O‘zbekiston-Isroil” do‘stlik jamiyati vakillari bundan keyin ham o‘zaro do‘stlikning mustahkamlanishini, O‘zbekiston va Isroil xalqlari o‘rtasida manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lida katta ishlarning amalga oshirilishini hamda Amerika muzeyida O‘zbekiston tarixiga oid bo‘lim ochilishini qo‘llab-quvvatladilar.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати