“O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxiviga - 80 yil”

“O‘zarxiv” agentligi tashabbusi bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligi tizimidagi “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining 80 yilligi (1943-2023 yy.) munosabati bilan arxiv tarixi va arxivchilarning zahmatli mehnatlarini aks ettiruvchi hujjatli film yaratish rejalashtirildi. Ushbu masalada, arxiv direktor A.Mahkamov hujjatli film ijodkorlari rahbari O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, davlat va halqaro mukofotlar sovrindori, kinorejissyor Ali Hamrayev va ssenarist K.Binyatovalar bilan o‘zaro dastlabki yig‘ilishni o‘tkazdi. Eslatib o‘tamiz, arxiv hujjatlari bu insoniyatning noyob moddiy va ma’naviy boyliklaridan biri ekanligi, mavjud tayyorlangan kino, foto va fono  hujjatlarni alohida bir joyda saqlash masalasi hal qilinib, O‘zbekiston SSR SNK-sining 1943 yil 18 martdagi 145-sonli qarori bilan O‘zbekiston SSR  Kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi tashkil etildi.