O‘zbekiston Milliy arxiviga yangi zamonaviy arxiv binosi qurish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni boshlandi.

Sohamizdagi yana bir ijobiy yangiliklardan - O‘zbekiston Milliy arxiviga yangi zamonaviy arxiv binosi qurish bo‘yicha loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayoni boshlandi. Ushbu maqsadda arxivga Qurilish vazirligi va  “Tashgiprogor” loyiha instituti mutasaddi xodimlari tashrif buyurdilar.
O‘zbekiston Milliy arxivi rahbariyati mutasaddi xodimlarni arxiv faoliyati, shart-sharoiti va ish jarayoni bilan yaqindan tanishtirib, yangi bino loyihasi bo‘yicha talab va takliflar atroflicha muxokama qilindi. Boshlangan xayrli ishlarimiz bardavom bo‘lsin!


“O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati