O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI «O‘ZARXIV» AGENTLIGI DIREKTORI U.M.YUSUPOV QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY DAVLAT ARXIVIDA

O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifining uchinchi kunida, ya’ni 2020 yil 23sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi «O‘zarxiv» agentligi direktori U.M.Yusupov Qoraqalpog‘iston Respublika Markaziy Davlat arxivi saqlovxonalariga o‘rnatilgan yangi zamonaviy feys-kontrol qurilmasini ko‘rib chiqdi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxivlariga xizmat ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan yagona markaziy server qurilmasining ishlash faoliyati bilan tanishdi va o‘z tavsiyalarini berdi.
Shundan so‘ng, Qoraqalpog‘iston Respublika Markaziy Davlat arxivi direktori A.Bekmuratovning 2019 yil avgust oyidagi Janubiy Koreya Milliy arxivida tajriba almashuv davomida o‘rganib kelgan tabiiy usulda tayyorlangan, arxivlar uchun foydalanishga mo‘ljallangan yelim mahsulotining taqdimotini o‘tkazdi.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати