O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI “O‘ZARXIV” AGENTLIGINING “SOHA IFTIXORI” KO‘KRAK NIShONI TA’SIS ETILDI.

 

O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligining “Soha iftixori” ko‘krak nishoni bilan 
“O‘zarxiv” agentligi markaziy apparati, 
hududiy boshqarmalari, 
milliy arxivlar, davlat arxivlarida 
va boshqa idoralarda
faoliyat yuritayotgan,
soha rivoji, taraqqiyotiga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shgan, 
“Ustoz-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yishga jonbozlik ko‘rsatib, asosiy ustozlik vazifasini bir necha yillardan buyon ado etib kelayotgan, 
jamiyatimizda sohaning o‘rni va rolini kuchaytirish, 
xalqaro aloqalarni o‘rnatilgan tartibda yo‘lga qo‘yish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, 
yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, 
iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish ishlariga hissa qo‘shib kelayotgan, 
sohada o‘zidan munosib iz qoldirayotgan xodimlar taqdirlanadilar.

o‘krak nishonining old tomoni markazidan globus joy olgan bo‘lib, pastki qismida qo‘llarda ochiq holatdagi kitob oq rangda, undan yuqori qismida odam boshi, undan yuqori qismida “O‘zarxiv” agentligi logotipi aks zarhal rangda tasvirlangan. Ko‘krak nishonining chetki yon tomonlarida xalqimiz farovonligi va rizq-ro‘zi ramzi bo‘lgan timsollari bug‘doy boshoqlari zarhal rangda tasvirlangan.


Manba : "Ўзархив" агентлиги Ахборот хизмати