Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida “9-may – Xotira va Qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Jasorat - millat g’ururi va iftixori” shiori ostida “O’chmas u kunlar shuhrati” nomli arxiv hujjatlari va muzey eksponatlari ko’rgazmasi tashkil etildi.























































2024-yilning  2-may kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi  binosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi, O’zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida “9-may – Xotira va Qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan “Jasorat - millat g’ururi va iftixori” shiori ostida “O’chmas u kunlar shuhrati” nomli arxiv hujjatlari va muzey eksponatlari ko’rgazmasi tashkil etildi.

Ko’rgazma tantanali ochlishini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, O’zbekiston va Isroil jamiyati direktori Saidasror Saidaxmedovich G’ulomov ochib berdi, undan so’ng, “O‘zarxiv” agentligi direktor o‘rinbosari Sherzod Sodiqov, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi J.I.Hamidovna hamda Shanxay hamkorlik tashkiloti rahbari Q.Q.Sobirov so’zga chiqishdi,  O’zbekistondagi Belorussiya va rus milliy-madaniy markazlarining badiiy chiqishlari namoyish etildi. Harbiy maktab o’quvchilari, orkestrlar, Mudofaa vazirligi faxriylar kengashi hamda Toshkent shahar Nuroniy faxriylari  ishtirok etishdi. 

Ko‘rgazma ekspozitsiyasida O‘zbekiston  Kinofotofono hujjatlari milliy arxivining Ikkinchi jahon urushidagi 1941-1945 yillarga oid 60 dan ziyod O‘zbekiston xalqi va mamlakatining hayoti, O‘zbekiston xalqlarining g‘alabaga qo’shgan hissasi, front ortidagi mehnatlari, harbiy maktab kursantlarini jangovar taktikaga tayyorlash, Ikkinchi jahon urushi faxriylarini tabriklash  aks etgan fotohujjatlar namoyish etildi. Shuningdek Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining urush yillariga oid noyob ashyolari ham namoyish etildi.


Manba : “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati