Ko‘ksaroyda o‘tgan samarali muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi, bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan Qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, energetika, ilm-fan, ta’lim, turizm, gumanitar va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjat imzolandi.

Shu qatorda arxiv sohasida xalqaro xamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida  Turkiya  Respublikasi  Bosh Vaziri devoni huzuridagi davlat arxivlari bosh direksiyasi Direktori professor U.O‘nal bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori U.A’lamov o‘rtasida arxivlar sohasida  hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolandi.