O`zR MDA faxriylari doimo yodimizda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 4 apreldagi PF-5000-Farmoni, PQ-2865-son Qarori, O`zR MDA direksiya yig`ilishi 6-son bayonnomasi ijrosini ta`minlash hamda yurtimizda “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan arxiv rahbariyati va kasaba uyushmasi a`zolari tomonidan bir qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O`zR MDAda 25 yildan ortiq ish faoliyatiga ega bo`lgan va bugungi kunda nafaqadagi mehnat faxriylariga moddiy, ma`naviy va boshqa turdagi yordamlar ko`rsatish hamda ularni qutlash  va ko`nglini ko`tarish maqsadida, arxiv rahbariyati va kasaba uyushmasi a`zolari ular yashayotgan uylarga borib bayram bilan qutladilar. Bayram munosabati bilan ularga kerakli oziq ovqat mahsulotlari olib borildi.

Shu bilan birga, arxivda hozirgi kunda  faoliyat yuritayotgan bir qator faxriylar pul mablag`lari bilan rag`batlantirildi. Ushbu amalga oshirilgan ishlardan asosiy maqsad arxiv sohasi rivoji uchun o`zining ko`p yillik mehnatini ayamagan faxriy ustozlarimizni yod aylash hamda ularga bayram munosabati bilan ko`tarinki ruh baxsh etishdir.