Qozon shahrida "От пергамена к цифре" mavzusida ilmiy amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tmoqda

2018 yil 18-20 aprelь kunlari Rossiya Federatsiyasi, Qozon shahrida ‘‘От пергамена к цифре’’ mavzusida ilmiy amaliy konferentsiyasi bo’lib o’tmoqda. Ushbu konferentsiyada O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivining 2 nafar hodimi F.S.Nurlibaev va Dj.Xabibulinalar ishtirok etishmoqda. Bo’lib o’tadigan konferentsiyada arxiv ishi masalalari nafaqat mamlakat miqyosida, balki butun dunyoda muhokama qilinadi. Mazkur tadbirning muhim mavzusi zamonaviy texnogen muhitda an’anaviy axborot vositalariga hujjatlarni saqlashni ta’minlashdan iborat.​