“Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik tanlov o‘tkazildi

“Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik tanlov o‘tkazildi

Joriy yilning 26 iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma besh yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining 2016 yil 24 iyundagi 7-AF-sonli farmoiyishi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib nishonlash maqsadida  O‘zbekiston Respublikasi Ilmiy – texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivida “Quvnoq va zukko arxivchilar” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Ko‘rik tanlovni “O‘zarxiv” agentligi bo‘lim boshlig‘i A.Usmonov, “O‘zarxiv” agentligi Kasaba uyushmasi raisi K.Shirmuxamedova, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi bo‘lim mudiri N.Saburov va “Beruniy” mahalla fuqarolari yig‘ini vakillari ishtirokidagi hakamlar hay’ati baholab bordilar.

Ko‘rik tanlovning belgilangan asosiy shartiga ko‘ra mustaqillik yillarida mamlakatimizda arxiv sohasida amalga oshirilgan islohotlar, erishilgan yuutuqlar va bugungi kunda sohani yanada rivojlantirishda olib borilayotgan islohotlar sahna ko‘rinishlari va ko‘rgazmali chiqishlar orqali ko‘rsatib berildi.

Qizg‘in baxs-munozara, qizaqarli va hajviy sahnalarga boy bo‘lgan ko‘rik tanlov yig‘ilganlarda katta tassurot qoldirdi.

Ko‘rik tanlov so‘ngida g‘oliblar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Agentlik Axborot xizmati