Respublika arxiv muassalarida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kơtarinki kayfiyatda, munosib nishonlandi

Respublika barcha arxiv muassalarida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kơtarinki kayfiyatda, munosib nishonlandi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari va bayram dasturxonlari tashkil etildi.

Jumladan, Toshkent shaxar arxiv ishi hududiy boshqarmasida 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar bayrami" kơtarinki kayfiyatda, munosib nishonlandi.

Ơtkazilgan tadbirda ayollarni ulug’lovchi, qadrlovchi she'r va g’azallar aytildi. Ularning  kamtarona mehnatlariga munosib baho berilgan tabriklar va tilaklar bildirildi.

Ayniqsa tadbirga taklif  etilgan

Toshkent shahar 550-sonli MTMning jajji "Guldasta" guruhi hamda Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan “Yoshlar”  estrada guruhi tadbirga zavqu-shavq ulashdi.

Poytaht arxivi barcha xotin-qizlariga  eng kam oylik ish xaqining 2 barobari mikdorida mukofot pullik hamda  esdalik qimmatbaxo sovgalar berildi. Shuningdek, ular uchun bayram dasturxoni tuzaldi.