Jumladan, o’zbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biri Navro’zni munosib ishonlash maqsadida Ơzbekiston Respublikasi Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi yoshlari, hamda arxiv kasaba uyushmasi tashabbusi va arxiv rahbari kơmagi bilan joriy yilning 19 mart kuni “Xush kelding Navrơz – xush kelding Baxor” nomli bayram tadbiri ơtkazildi. Bayram tadbiri davomida bahor taomi bơlmish sumalak ham tayyorlandi. Bayram dasturxoni tuzatilib, bahor taomlari xodimlarga tortiq qilindi. Navrơz bayrami kelib chiqish tarixi, ơzbek milliy qadriyatlarida ushbu bayramning tutgan ơrni xususidagi ma'lumotlarni bilish maqsadida “Ma'naviyat  va ma'rifat Markazi”dan siyosatshunoslik fanlari doktori Musaev Mansur Tursunpơlatovich taklif qilinib, bayramning kelib chiqish tarixi va mustaqillik yillarida ushbu bayram nechog’lik ulug’langanligi tơg’risidagi mazmunli ma'ruzasi  eshitildi. Barcha xodimlar ushbu bahor bayramini munosib nishonlash uchun uyushqoqlik va a'lo kayfiyatda tayyorgarlik kơrib, bayramni munosib nishonlashdi. Bayram tadbirlarini borishini va bayram tadbirlari bilan bog’liq qiziqarli video va foto lavhalar arxivning telegrammdagi kanali (t.me/ntmd_archive) orqali berib borildi.

.