O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI

HUZURIDAGI "O`ZARXIV" AGENTLIGI


 

O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev o‘rtasida Rossiya tomonining tashabbusi bilan 2016-yil 5-dekabr kuni telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Rossiya Hukumati Raisi Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. 

Tomonlar yaqinda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha oliy va yuksak darajada o‘tgan uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qildi. 

Shavkat Mirziyoyev va Dmitriy Medvedev O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalarining turli darajadagi amaliy tashriflari yakunlari, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muhim bitimlar tuzilganini ijobiy baholadi. 

Suhbat chog‘ida o‘zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish va sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi. 


Manba : UzA.uz