Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida “O‘zbekistonda davlat arxivlari tizimi tashkil topganligining 100 yilligi” munosabati bilan yangi arxiv binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida “O‘zarxiv” agentligi direktori U.M.Yusupov, Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari J.O‘roqov, tuman hokimi Sh.Xudayberdiyev, Agentlik , O‘zbekiston milliy arxivlari, respublikadagi arxivlar xodimlari, soha faxriylari va mehmonlar ishtirok etdilar.
Yangi bino qurilish ishlariga mahalliy byudjetdan 1 milliard 158 million so‘m miqdorida mablag‘ sarflangan. Shuningdek, bino eng zamonaviy jihozlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta’minlangan. Asosiysi bino mobil javon bilan jihozlangan
Bugun arxiv idorasida 71 ming 564 ta saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. 11 nafar xodim ishlaydigan arxiv idorasida oxirgi ikki yilda 952 saqlov birligida hujjatlarning 58 ming kadr elektron varianti yaratildi. Bugungi kunda tashkilotga bir oyda 300 nafarga yaqin odam turli yo‘nalishlar bo‘yicha murojaat qilib kelmoqda.
Tadbir davomida sohada sidiqidilidan xizmat qilgan soha xodimlari va faxriylarga Agentlik "Faxriy yorlig‘i" hamda "Agentlik direktori tashakkurnomasi", esdalik sovg‘alari topshirildi.