Savob ishni har kuni qilish lozim.

Savob ishni har kuni qilish lozim.

Mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularni mehnat faoliyatiga keng jalb qilish orqali hayot sifati va darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti sharoitida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta'minlayotgan korxonalarning barqaror faoliyat yuritishini rag‘batlantirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 avgustdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4423-sonli qarori qabul qilingan.

3 dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy  boshqarmasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Jizzax viloyati Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati bilan hamkorlikda  “Biz hech kimdan kam emasmiz va hech kimdan kam bo‘lmagaymiz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktab internati jamoasi, internat tarbiyalanuvchilari hamda Jizzax viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlari ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida Arxivchi yoshlar tomonidan maktab internatiga esdalik sovg‘alari topshirildi.

"O‘zarxiv" agentligi axborot xizmati