Sayyor qabul o‘tkazildi

 

2016 yil 19 noyabr kuni “O‘zarxiv” agentligi Bosh direktori o‘rinbosari Kucharova Dildora Lutpullayevnaning Xorazm viloyat Xiva tuman davlat arxivida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda Xiva tumani hokimi o‘rinbosari J.Masharipov, Xiva tuman Moliya bo‘limi boshlig‘i U.Yakubov, Xiva tuman byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i Q.Xasanov va “Mikrokreditbank” ATBning Xiva tuman filiali direktori o‘rinbosari M.Atayevlar ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari savollar va takliflar bilan qatnashib, qoniqarli javob oldilar.

Agentlik Axborot xizmati