Shaxrixon tuman davlat arxivida 2018 yil 13 iyun kuni Sayyor qabul o‘tkazildi

Andijon viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Haydarov Shahobiddin Sirojiddinovich tomonidan 2018 yil 13 iyun kuni Shahrixon tumani davlat arxivida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu bo‘yicha Shahrixon tuman davlat arxivi tomonidan “Shahrixon ” gazetasiga 2018 yil 8 iyun kuni sayyor qabuli o‘tkazilishi bo‘yicha e’lon berildi. Sayyor qabuliga Shahrixon va Bo‘z tumanida yashovchi fuqarolar tashrif buyurdilar.

Sayyor qabuliga tashrif buyurgan fuqarolar o‘zlarining qiziqtirgan savollari, uy-joy va ish haqi bo‘yicha mavjud muammolari bilan murojaat qilgan  fuqarolar quyidagilardan iborat.

Uy-joy bo‘yicha murojaat etgan fuqarolar:

1.Shahrixon tuman Naynavo QFY  To‘lqin mahallasida yashovchi  fuqaro Xurmatov Azamjon

2.Shahrixon tuman Tosh-tepa qishloq fuqarolar yig‘ini Poloson mahallasida yashovchi Turg‘unova Ominaxon

3.Shahrixon tumani Naynavo qishloq fuqarolar yig‘ini To‘lqin mahallasida yashovchi Xakimova Rohatoy                                                                                     4.Shahrixon tumani Yuqori Shahrixon qishloq fuqarolar Soqiobod mahallasida yashovchi Xudoyberdiyev Alijon.

5. Bo‘z tumani Xovos qishloq fuqarolar yig‘ini G‘olib mahallasida yashovchi Ikromov Mirzohid

Ish haqi bo‘yicha murojaat etgan fuqarolar :

Shahrixon tumani O‘zbekiston qishloq fuqarolar yig‘ini Nayman mahallasida yashovchi Ummatova Nasibaxon
Shahrixon tumani Nazarmahram qishloq fuqarolar yig‘ini Qum tepa ko‘chasida yashovchi Usmonov Shavkatbek
Shahrixon tuman Abdubiy qishloq fuqarolar yig‘ini So‘zoq mahallasida yashovchi fuqaro Oripov Odinaxonlarning murojaatlari shu vaqtning o‘zida ijobiy hal qilindi.