"SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishoni topshirildi

 

2020 yil 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi "O‘zarxiv" agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi  munosabati bilan hamda soha rivoji, taraqqiyotiga o‘zining sezilarli hissasini qo‘shgan, “Ustoz-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yishga jonbozlik ko‘rsatib, asosiy ustozlik vazifasini bir necha yillardan buyon ado etib kelayotgan, jamiyatimizda sohaning o‘rni va rolini kuchaytirish, xalqaro aloqalarni o‘rnatilgan tartibda yo‘lga qo‘yish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli tadbirlarni amalga oshirish ishlariga hissa qo‘shgan USTOZ Abdushukur Xamidovich Abdullayevga "SOHA IFTIXORI" ko‘krak nishonini topshirdi.

 

 

Komissiya a’zolarining barchasi bir ovozdan ushbu ko‘krak nishoniga Sizni munosib ko‘rdilar. Mazkur ko‘krak nishonini Sizga topshirayotganimizdan mamnunmiz. Siz hamisha arxivchilar uchun Ustoz bo‘lib kelgansiz, kelgusida ham shunday bo‘ladi-dedi U.Yusupov ko‘krak nishonini topshirar ekan.

 

 

 

Abdushukur Xamidovich o‘z o‘rnida qayerda faoliyat ko‘rsatishidan qat’iy nazar hamisha qalbining bir chekkasida arxivlar, arxiv xodimlariga nisbatan muxabbati yuqori bo‘lganligini minnatdorlik ila e’tirof etdilar.

 

 

Barcha arxiv tizimi xodimlari nomidan muborakbod etamiz