So‘x tumanida arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bugun 9-dekabr kuni arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Seminarda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi barcha korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari raislari ishtirok etishdi.
Seminarda O‘zbekiston Prezidentining 20.09.2019 yildagi PF-5834-son Farmoni va shu kungi PQ-4463-sonli Qarori mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazildi. Tuman tashkilot va muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi Qonunining ijrosidagi yuzaga kelgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Seminar qatnashchilariga soha bo‘yicha barcha normativ hujjatlar jamlangan to‘plam hamda muhim qoidalar qayd qilingan bukletlar tarqatilib, tuman faollarini arxivi ishi soxasiga mas’uliyat bilan yondoshishiga kelishib olindi.
"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati.