Bahor faslining ilk oyi 21 mart kunida milliy an’anamizga aylangan Navro‘z bayramining nishonlanishi barchani ko‘ngliga shodlik ulashadi. Bu vaqtda kun va tun tenglashadi. Bobo dehqonlarimiz yangi kunni qarshilar ekan, bu yilgi ekin va hosilni sarhisob qilib oladilar. 
2010 yilda BMTning maorif, fan va madaniyat jamg‘armasi – YuNESKO tomonidan 21 mart – “Xalqaro Navro‘z kuni” deb e’lon qilindi. Navro‘z bayramini o‘tkazishda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimiz o‘z aksini topadi, ya’ni bu bayramda turli taomlar pishirish, o‘yin va raqslar namoyish etish, folklor chiqishlar qilish, sport musobaqalarini o‘tkazish xalqimizga manzur bo‘lib kelmoqda. 
“O‘zarxiv” agentligining 2019 yil I yarim yilligiga mo‘ljallangan Asosiy ish rejasining 9.2 bandiga asosan 21 mart – Navro‘z bayrami doirasida Respublika arxivchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida 2019 yil 29 mart kuni Milliy futbol akademiyasi (oldingi Bunyodkor) binosida “Agentlik kubogi” sport musobaqasi o‘tkazildi. 
Bu bellashuvda “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi O‘zR MDA, O‘zR KFFH MDA, O‘zR ITTH MDA, Toshkent shahar AIHB hamda Toshkent viloyati AIHB va uning tizimidagi arxiv muassasalari xodimlari ishtirok etishdi. 
Musobaqani “O‘zarxiv” agentligi bo‘lim boshlig‘i A.O.Aliyev ochiq deb e’lon qilar ekan, u o‘z so‘zida sport tinchlik elchisi va salomatlik garovi, yaxshi mehnat hamda faol harakat garovi ekanligi haqida so‘z yuritdi. 
Musobaqada ishtirokchilar, erkaklar o‘rtasida: kuch sinashish (armrestling), 400 metrga estafeta shaklida yugurish, stol tennisi va futbol sport turlari bo‘yicha bahs yuritgan bo‘lsalar, ayollar o‘rtasida: 200 metrga estafeta shaklida yugurish, shashka va stol tennisi sport turlari bo‘yicha bellashdilar. Sport turlari bo‘yicha g‘oliblik arxivchi xodimlar o‘rtasida quyidagi bo‘lindi:
Ayollar o‘rtasida:
200 metrga estafeta shaklida yugurish bo‘yicha:
1-o‘rin-Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi F.Mirsaliyeva
2-o‘rin-Toshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi Z.Ma’rufova
3-o‘rin-O‘zb.Resp.Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi K.Odilxonova.
Shashka bo‘yicha:
1-o‘rin-O‘zb.Resp. Kinofotofono hujjatlari Markaziy davlat arxivi M.Rajabova
2-o‘rin-O‘zb.Resp. Markaziy davlat arxivi G.Kaunbayeva
3-o‘rin- Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi N.Ismailova.
Stol tennisi bo‘yicha:
1-o‘rin-O‘zb.Resp. Markaziy davlat arxivi G.Kasimova
2-o‘rin- O‘zb.Resp.Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi K.Dadajonova
3-o‘rin- Toshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi N. Qurbonova.
Erkaklar o‘rtasida:
400 metrga estafeta shaklida yugurish:
1-o‘rin- Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi D.Aripxodjayev
2-o‘rin- O‘zb.Resp.Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi X.Salimov
3-o‘rin- O‘zb.Resp. Markaziy davlat arxivi D.Yusupov.
Armresling:
1-o‘rin- O‘zb.Resp.Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi B.Erkinov
2-o‘rin- O‘zb.Resp. Markaziy davlat arxivi Sh.Kenjayev
3-o‘rin- Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi M.Uchkampirov.
Stol tennisi:
1-o‘rin- O‘zb.Resp.Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi
2-o‘rin- O‘zb.Resp. Markaziy davlat arxivi
3-o‘rin- Toshkent shahar arxiv ishi hududiy boshqarmasi.
Futbol bo‘yicha:
1-o‘rin- O‘zb.Resp.Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari Markaziy davlat arxivi futbol jamoasi
2-o‘rin- O‘zb.Resp. Markaziy davlat arxivi futbol jamoasi
3-o‘rin- Toshkent viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi futbol jamoasi
Umumjamoa hisoblariga ko‘ra “Agentlik kubogi” O‘zR ITTH MDAga, 2-o‘rin Toshkent shahar Arxiv ishi hududiy boshqarmasiga, 3-o‘rin O‘zR MDAga nasib etdi. 
Sport turniri tantanali taqdirlash marosimida “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori U.M.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 yanvardagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6-son qaroriga muvofiq arxiv soxasi xodimlari jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlarining afzalliklari to‘g‘risida yana bir bor ta’kidladi.
Bellashuv g‘oliblari “Agentlik kubogi”, medallar, 1-, 2- va 3-darajali diplomlar, Xiva va Samarqand shaharlarini ziyorat qilishga yo‘llanmalar, hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 
Musobaqa juda qizg‘in va bahs-munozaraga boy tarzda o‘tdi.
Mazkur tadbir 2019 yil 30-31 mart kunlari “Yoshlar” teleradiokanalining “Yangi Davr” informatsion dasturi orqali namoyish etildi.