Stribejev Vasiliy Panteleyevich - Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi

#G‘alaba75 #Pobeda75
Stribejev Vasiliy Panteleyevich - Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi va O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan quruvchi. U 1921 yilda Voronej viloyati, Kalachevskiy tumani, Podgornoye qishlog‘ida tug‘ilgan. 1939 yilda komsomol tashkilotining tavsiyasi bilan V.P. Stribejev O‘zbekistonning Toshkent shahridagi harbiy qurilishiga kelgan.
1941 yilda V.P. Stribejev frontga ketdi. U 1943 yil dekabrigacha 19-Qizil Bayroq Perekop tank korpusining 179-minomyot polkning 2-batareyasida razvedkachi bo‘lib xizmat qilgan.
1943 yilda V.P. Stribejev Karpatdagi 4-Ukraina frontiga yuborildi - Chexoslovakiya yeriga birinchi bo‘lib kirgan 897-tog‘miltig‘li Sevastopol gvardiya polkida, 1-sonli batalonida xizmat qilgan.
V.P. Stribejev turarjoy uylari, madaniy va maishiy binolar va sanoat korxonalari qurilishini tashkil etish va amalga oshirishdagi kamtarona xizmatlari uchun O‘zSSR Oliy Kengashi Prezidiumining ikkita faxriy yorliqlari, ikki marta "Harbiy qurilishning a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. 1977 yilda V.P. Stribejevga "O‘zSSRda xizmat ko‘rsatgan
quruvchi" unvoni berilgan.
V.P. Stribejev harbiy qurilish mutaxassisliklari bo‘yicha 1500 dan ortiq kishini o‘qitib tayyorlagan. Ikkinchi Jahon urushidagi jasorati va qahramonliklari uchun u "Jasorat uchun" medali va I darajali Vatan urushi ordeni bilan taqdirlangan.
Ushbu ma’lumot O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayogan V.P.Stribejevning shaxsiy fond materiallari asosida tayyorlangan.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati