Targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan noyob hujjatlar, jumladan yetuk olimlar, shifokorlarning shaxsiy fondlari xususida arxiv xodimlari tomonidan Olmazor tumani 249-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati, pedagog-o‘qituvchilar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Arxiv bo‘lim mudiri G‘.Musayev, arxivda saqlanayotgan shaxsiy fondlar haqida keng tarzda ma’lumotlar berdi. O‘z navbatida, ushbu maktab rahbariyati, pedagog-o‘qituvchilar yaqin kunlar ichida III-chorak o‘quv mashg‘ulotlari boshlangach, ushbu noyob hujjatlarni o‘quvchilarga ham slayd ko‘rinishida namoyish etilsa, maqsadga muvofiq ekanligi, chunki bu shaxsiy fondlar ichidagi noyob hujjatlar bilan yosh avlod yaqindan tanisha borsa, ularga bu mavzular kelgusida katta saboq, motivatsiya berishi xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Tadbir yakunida ushbu dolzarb mavzuni hamkorlikda o‘tkazish masalalari kelishib olindi.


Manba : "Oʻzarxiv" agentligi Axborot xizmati